Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining O‘zbekistondagi filiali

Filial haqida ma’lumot.

Filial O‘zbekiston Prezidentining 24.02.2006-yildagi PP-290-raqamli, Toshkentdagi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining (MDU) faoliyatiga doir qaroriga asosan tashkil qilindi. 

Filialning asosiy vazifasi xalqaro va MDU normalarida qabul qilingan

Yana qayd etilganki, davlat grant-to‘lovi asosida ta’lim olgan talabalar maxsus yo‘llanmalar orqali yuborilib, kamida uch yil davomida respublikamizdagi tashkilot va korxonalarda ishlab berishlari lozim bo‘ladi. 

Filialning asosiy vazifasi Lomonosov nomli MDU da qabul qilingan me’yorlarga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir

Filial faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston budjetidan grant tarzida beriladigan mablag‘ hamda to‘lov-kontrakt asosidagi o‘qishdan tushgan pul hisobiga amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 

Filialning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.

Filialning darslari Lomonosov nomidagi MDU tomonidan tasdiqlangan dars rejalari  va dasturlar asosida olib boriladi.

Abituriyentlarning qabul qilinishi MDU belgilagan vaqtda va tartibda amalga oshiriladi.

Lomonosov nomidagi MDU filialining bitiruvchilariga beriladigan diplom O‘zbekiston Respublikasida Oliy ma’lumotlilik hujjati hisoblanadi.

Hozirgi kunda universitetning Toshkentdagi filialidi ikki fakultet faoliyat olib bormoqda: “Amaliy matematika va informatika” hamda “Psixologiya”. Filialda ushbu kunda mazkur ikki yo‘nalishda 230 talaba ta’lim olayotgan bo‘lib, ulardan 40 %i davlat granti asosida, 60 %i esa to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olishmoqda.

Psixologiya fakulteti: ta’lim davomiyligi 5 yil. Bu fakultetning maqsadi xalq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liq, boshqaruvdagi insonlarning murakkab muammolarini yecha oladigan mutaxassislarni yetishtirish hisoblanadi.

Ushbu yo‘nalishga o‘tgan o‘quv yilida 16 nafar talaba davlat granti asosida, 24 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan.

Ushbu yo‘nalishga talabalar biologiya, rus tili va matematika fanlaridan yozma imtihon asosida qabul qilinadilar. 

Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi: (Bakalavriat yo‘nalishi) ta’lim davomiyligi 4 yil. Ushbu yo‘nalishning maqsadi yangi iqtisodiy shartlarni yarata oladigan va ularni yecha oladigan informatsion texnologiyalarni tashkillashtirish hisoblanadi. Aniqroq aytganda, iqtisodiy, moliyaviy va administrativ faoliyatlarning informatsion va matematik integratsiya tizimini tashkil etish hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishga 2013-14 o‘quv yili uchun 16 nafar talaba davlat granti asosida, 24 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan.

Ushbu yo‘nalish talabasi bo‘lmoqchi bo‘lgan abituriyentlar rus tili, matematika va informatika fanlaridan yozma imtihon topshiradilar.

O‘quv yurtiga qabul qilishda EGE(ÝÃÝ) sinovlarida to‘plangan ballar hisobga olinmaydi.

M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali A. Temur ko‘chasi, 22-uy manzilida joylashgan.

msu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
 

 

0 ta izoh

There are no comments