IKKI TAKABBUR

Bir zamonlar shoh saroyida o‘zini o‘zi maqtashni yaxshi ko‘radigan ikki olim bo‘lgan ekan. Turli soha olimlari suhbatida bo‘lishni kanda qilmaydigan shoh bu ikki olimning takabburliklarini fahmlab qolibdi va ularni sinab ko‘rishni diliga tugibdi.
Bir kuni shoh o‘sha ikki olimni alohida-alohida huzuriga chorlab, bir-biri haqida fikrlarini so‘rabdi.
— Ey shohim, u farosatsiz eshak, - dåbdi birinchi olim.
— U ochko‘z va kaltafahm ho‘kiz, uni odam qilib turgan narsa – soqoli va sallasi , — dådi ikkinchisi birinchi olim haqida.

Shu tariqa olimlarni sinovdan o‘tkazgan podshoh ularning ikkalovi ham nafratga loyiq kimsalar ekanligini bildi.  

Ertasiga shoh saroyida olimlar sharafiga ziyofat  uyushtirilibdi. Shoh anavi ikki takabbur olimga bir hazil qilmoqchi bo‘libdi. Bakovulga (oshpazlar boshlig‘iga) tayinlabdi:
 - Birining oldiga somon, ikkinchisiga esa kunjara qo‘y.
Bakovul shoh amrini bajaribdi. Haligi olimlar bundan xafa bo‘lib, podshohdan sababini so‘rashibdi.
— Axir olim kishilarning aytganlarini bajarish lozim-ku. Birlaring ikkinchingni eshak, boshqalaring ho‘kiz dådinglar. Ho‘kizga kunjara, eshakka somon beriladi-da, — deb javob beribdi shoh.
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments