HAQIQIY OLIMLAR

Bir podshoh o‘z yurtining ikki olimi bilan birga yo‘lga chiqibdi. Ulardan biri minib olgan eshak ikkinchisinikidan ko‘ra tezroq yurardi, shu sababli olimlardan biri ikkinchisidan biroz oldinlab ketibdi. Ot minib olgan shoh vaqtdan unumli foydalanish maqsadida oldinlab ketgan olimning oldiga borib undan so‘rabdi:

– Ortda qolgan odam haqida qanday fikrdasiz?

– U shunchalik kuchli olimki, minib olgan eshagi uning ilmini ko‘tara olmaganidan sekinlab qoldi…

Podshoh kerakli javobni olgach, asta sekinlab ortda qolgan olimning yoniga keldi. Undan ham xuddi shu savolni so‘radi. 

– U shunchalik kuchli olimki, eshagi ham ustida shunday odamni olib ketayotganidan xursand bo’lib uchib ketmoqda…

Podshoh ikki olimidan bunday javobni olgach, shunday xulosa qildi: olimlarimiz bir-biri haqida yaxshi fikrda ekan, biz, albatta, kuchli davlat bo‘lamiz.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments