CHINOR VA QOVOQ

Azim chinor daraxti ostida qovoq paydo bo‘libdi. Bahor fasli o‘tgan sari qovoq chinor daraxtiga chirmashib yuksala boshlabdi. Yomg‘irlar va quyosh ta’sirida katta tezlikda o‘sibdi va chinorning bo‘yiga yetib olibdi.

Kunlarning birida qovoq chinordan so‘rabdi:

– Necha yilda shunchalik o‘sding?

– 10 yilda.

Qovoq gullarini silkitib, chinorning ustidan kulibdi: 

 - 10 yildami? Men sen erishgan yuksaklikka 2 oyda yetib oldim.

Chinor e’tiborsizlik bilan: “Gaping to‘g‘ri”, - debdi-yu, boshqa narsa gapirmabdi.

Kunlar o‘tib, kuz oyining ilk shamollari esa boshlagach, qovoq oldin sovqota boshlabdi, keyin sekin-asta barglari to‘kilibdi. Kunlar sovigani sari qovoq pastga sho‘ng‘iy boshlabdi. Chorasiz qovoq daraxtdan so‘radi:

– Menga nimalar bo‘lyapti, daraxt?

– O‘lyapsan.

– Nega?

– Men 10 yilda kelgan tepalikka sen ikki oyda yetib kelishga uringaning uchun.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments