QANI KETDIK!

Yangi o‘quv yili, yangi mavsum. Bu kimlar uchun abituriyentlik bosqichini boshidan boshlash bo‘lsa, yana kimlar uchun shu bosqichga qayta qadam qo‘yish bo‘ladi. Albatta, hozirgi sharoitda bu ikki yo‘ldan ketayotgan abituriyentlar bir xil ahvolda. Qaytadan tayyorgarlik ko‘rish yoki tayyorgarlikni boshlab tugatish uchun ikki holatda ham taxminan 330 kun atrofida muddat bor. Mana shu vaqt ichida tayyorgarlik bosqichini bosib o‘tish uchun ikki turdagi abituriyentlarda ham bir xil imkoniyat mavjud. Agar oldindan tayyorgarlik ko‘rgan abituriyent eski bilimlarga ishonib tayyorgarlik qilmay qo‘yadigan bo‘lsa, joyida qotib qolmay pastga qarab sho‘ng‘iy boshlaydi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘rgangan bilimlari sekin-asta yoddan ko‘tarilib boradi. Aksincha, oldin tayyorgarlik ko‘rmagan bo‘lsa-da, yil boshidan beri qat’iy tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyent undan oldinga o‘tib ketib qolishi mumkin. 

First-Step.jpg

Eski yillardagi bilimlarni mustahkamlash bilan bir qatorda kamchilik qismlarini to‘ldirish va ularni mustahkamlash lozim. “Bilimim yetarli” deyishga shoshilmang. Modomiki, o‘tgan o‘quv yili kira olmadingizmi, demak, hali o‘rganishingiz kerak bo‘lgan bilimlar bor. Iloji boricha eng oson mavzulardan ham test savollarini yechib boring.  

Sizga foydali bo‘lishi uchun yana kichik bir hikoyani keltirsak: gazetamizning 31-sahifasidagi “VOZ KECHMASLIK” nomli hikoyani o‘qib ko‘ring va o‘sha mehnatkash qushlardan o‘rnak oling. Takrorlash aslo zarar qilmaydi. Birdan qiyin mavzulardan boshlasangiz, darrov mavzular tugab qoladi va dars tayyorlashdan zerikib qolasiz. Dars qilishdan zerikkach, hayolingiz boshqa narsalarga chalg‘ib, mavzular yana esingizdan chiqa boshlaydi. Demak, hech bir usulda bir yil davomida dars qilishdan to‘xtamaslik uchun imkon qadar eski mavzularni ham takrorlashni unutmaslik lozim.

Ana endi, abituriyentlik davrini yangi boshlagan abituriyentlarga diqqatimizni qaratsak. Axir ularning raqobatchilarining 1-2 yillik tajribalari bor-ku. Yana ba’zi abituriyentlar birinchi yili oliy o‘quv yurtiga kira olmaslikni oddiy qabul qilib qolishgan.

Unutmang, siz birinchi yili kira olmaslikka o‘zingizni boshidan ko‘niktirib borsangiz, albatta, kira olmaysiz. Bir necha yillik tajribamizdan sizga shuni aytishimiz mumkinki, ikki yil tayyorgarlik ko‘rib ham kira olmaganlar soni bir yillik qattiq tayyorgarlik bilan oliy o‘quv yurtiga kirganlar sonidan kamroq.

Agar siz har bir mavzuni o‘z vaqtida o‘zlashtirib, ularga doir testlarni yechib borsangiz, o‘tgan yili oliy o‘quv yurtiga kira olmagan va hozir qandaydir sabablar bilan dars tayyorlamayotgan do‘stlaringizdan qisqa muddatda o‘tib ketasiz. Bunga o‘zingiz ishonishingiz va bu yo‘lda sobitqadamlik bilan harakatlanishingiz lozim.  

Albatta, birinchi yili harakatlanayotganingiz sababli biroz qiyinchiliklar tug‘iladi. Eng qiynalgan paytingizda bu ishdan voz kechgingiz yoki yo‘nalishingizni almashtirgingiz ham kelib qoladi. Anu shu paytda sportchilarni eslaysiz:  Harakatni boshlagandan so‘ng ilk daqiqalarda nafaslari qisadi, shu paytda harakatdan to‘xtamay sekinlik bilan harakatlarini davom ettirsalar, oradan biroz vaqt o‘tgach, ikkinchi nafas yo‘llari ochilib, qiyinchiliksiz harakatlarini davom ettira oladilar.

Demak, sizning ham ikkinchi nafas yo‘lingiz ochilgunga qadar sabr va matonat bilan harakat qilishingiz lozim. Nafasingiz qisa boshlaganida (mavzularni o‘zlashtirishga qiynala boshlaganingizda) sabr qiling va bu bosqichdan o‘tib oling.

Undan keyingi tayyorgarlik sariyog‘ kesgandek osonlashib qoladi.

Har qanday holda ham, birinchi yilmi, ikkinchi yilmi yoki undan ko‘proqmi – hamma abituriyentlarga bitta gapni aytamiz: sarlavhani o‘qing.

Azimjon MAHMUDOV

12 ta izoh

12 ta izoh

  1. Gravatar

    Azimaka Bayramlariz bn tabrikliman. Yusuf akaniyam tabriklap qo'yin:-)

  2. Gravatar

    Barcha ustozlarni bayram bilan tabrikliman. O'qitishdan hech qachon charchashmasin. Ustoz borki olam MUNAVVAR!

  3. Gravatar

    Munira sizda abituriyent.uz da nima bor. Endi talaba.uz ga kirsez ham bo'lardi (hazil)

  4. Gravatar

    Azimaka har oy testla bo'lardi markazda. qachondan boshlanadi.. abituriyentlini sog'indim.:-)

  5. Gravatar

    Azimjon aka pochtangizga o'z ma'lumotimni yubordim lek hech qanaqa xat kemadi.

  6. Gravatar

    Testla gazetada bo'ladi. Gazetani olib testlarini yechib, o'zizni profilizda VTS degan bo'limda topshirasiz.

  7. Gravatar

    Ro`yhatdan o`tding deb habar jo`natdiz. lekin qanab qib topwiraman testlani? wu o`zim kiradigon profildanmi?

  8. Gravatar

    Azimjon aka yana qaytadan jo'natdim. Iltimos yana ko'rsangiz, borgan yoki bormaganini.

  9. Gravatar

    Munira, abituriyentlarga yo'l beraylik.

  10. Gravatar

    Xurshid mobodo agent orqali jo'natgan bo'lsangiz man agent ishlatmiman. Pochtamga xat shaklida yozishingiz kerak.
    Xozirgacha sizdan manga xat kelmadi.

  11. Gravatar

    Manam qatnashiy VTS olimpiadasida. Bu yil o'rin olomagandim:-(

  12. Gravatar

    Azimjon aka men po'chtangizga xat jo'natganimga 3 kun bo'ldi lekin sizdan haligacha xat kelmadi. Men VTS olimpiadasida qatnasha olamanmi? Yoki men o'zim haqimdagi ma'lumotlarni commentda qoldirsam ro'yhatga olasizmi?