MANTIQ MAYDONI 18-2013

1. Tarixiy voqea

1978-yilda insoniyat tarixida bir marta sodir bo‘ladigan voqea sodir bo‘ldi. Bu voqea 5-iyun, yarim tundan 34 daqiqa o‘tganda sodir bo‘lgan. Bu qanday voqea?

 

2. Nega?

Nega kanalizatsiya qopqoqlari to‘rtburchak yoki kvadrat shaklida emas, doira shaklida yasaladi?

 

3. Farzandlar soni

Bir oilada yettita qiz bor. Bu qizlarning har birining bittadan ukasi bor. Bu oiladagi farzandlar soni nechta?

 

4. Tarozi masalasi

Tarozi masalasi.jpg

Rasmda tarozilar tasvirlangan. Oxirgi tarozi muvozanatda turishi uchun nechta kub qo‘yish kerak?

 

5. G’alati arifmetika

galati arif.jpg

6. Keyingi shaklni toping.

 

IQ-QPIX (1).jpg

 

 IQ-QPIX.jpg

(a)            (b)             (c)

 

7. Rasmdagi mantiqiy xatolikni toping.

rooster-picture-puzzle.jpg
 
O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  mantiq maydoni sahifasining javoblari
1. 9 ta
2. Qq.
3. 21
4. Haydovchi piyoda harakatlanayotgan edi. 
5. Tarozining bir pallasiga sariq-oq va ikkinchi pallasiga sariq-qora sharlarni tortib olinadi. 
a) teng chiqib qolsa, ikkinchi palladagi sharlar tortila-di. Agar qora shar og‘ir chiqsa, sariq shar yengil bo‘ladi, va ikkinchi palladagi sariq og‘ir va oq shar yengil bo‘ladi. Aks holda, shu shaklda sharlarning o‘rni almashadi.
b) qaysidir taraf og‘ir bo‘lsa, ularning ikkisi ham og‘ir, narigi palladagi ikkisi ham yengil yoki bitta og‘ir, bitta yengil narigi pallada ikkisi ham yengil bo‘ladi. Ixtiyoriy palladagi sharlarni tortish orqali og‘ir va yengillarni ajratib olinadi.
6. Otlarni tortadigan bo‘yniga o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. 
 
3 ta izoh

3 ta izoh

  1. Gravatar

    5. 111; 6. b

  2. Gravatar

    5. 111
    6. b

  3. Gravatar

    1)Aynan 1978-yil 5-iyun yarim tundan 34daqiqa o'tishi sodir bo'lgan,insoniyat tarixida boshqa bu sanala sodir bo'miydi,bo'maganam
    2)Mustahkam turishi uchun.Masalan to'rtburchak shaklda bo'lsa ustidan og'ir mashina o'tsa buklanib qolishi mumkin.Doira shaklda esa temir mustahkam bo'ladi.
    3)Farzandlar soni 8ta
    4)Xo'rozni barmoqlari orasida parda bo'lmaydi