MANTIQ MAYDONI 16-17-2013

1. Fermadagi kasallik

Bir fermerning 17 ta qo‘yi bor edi. Fermaga kasallik kelgani sababli qo‘ylarning to‘qqiz nafari qattiq kasallanib, qolganlari o’ldi. Fermerning nechta qo‘yi qoldi?

 

2. Ajoyib uy

Bir odam to‘rtburchak shaklida shunday uy qurgan ediki, u uyning barcha tarafidan janubiy manzara ko‘rinib turar edi. Bu uyga tashrif buyurgan kattakon ayiqning rangi qanday?

 

3. Salomlashish

7 odam bir-biri bilan qo‘l berib salomlashsa, umumiy holda nechta qo‘l berib ko‘rishish amalga oshadi?

 

4. Qoidabuzar haydovchi

Avtobus haydovchisi, svetafor qizil chiroq yonib turgan bo‘lishiga qaramay, to‘xtamay harakatlanishda davom etdi. Garchi  YPX xodimi buni ko‘rib turgan bo‘lsa-da, haydovchini jazolamadi. 

Buning sababi nima?

 

5. Yengil va og‘ir sharlar

3 juft sharcha bor. 3 tasining rangi 3 xil: 2 ta sariq, 2 ta oq va 2 ta qora. Bir xil rangli sharchalarning biri o‘z juftidan biroz og‘ir. Og‘ir sharlarning vazni boshqa rangdagi og‘ir sharlar vazniga, yengil sharlarniki esa boshqa rangdagi yengil sharlar vazniga teng.

Sizda shunday tarozi borki, u yordamida faqatgina og’irroq va yengilroqlarni ajratish mumkin. Ya’ni, u massani aniq ko‘rsatmaydi.

Shu tarozi yordamida ikki marta tortishni amalga oshirib, og‘ir va yengil sharlarni ajratish lozim. 

 

6. Rasmdagi xatolikni toping.

fault-3.jpg

O'TGAN SONDA E'LON QILINGAN IQ TESTINING JAVOBLARI

1. C

2. E

3. D

4. B

5. C

6. B

7. D

8. D

9. D

10. E

 
3 ta izoh

3 ta izoh

  1. Gravatar

    2. ayiq doim jigar rang bo`ladi
    4. u piyodabo`lgan
    6. hech qayerda yer otlar bilan haydalganini ko`rmaganman
    5 - sini topa olmadim, qolgani aniq

  2. Gravatar

    2) Odam yashiydigan uyga ayiq tashrif buyurmiydi :))))

  3. Gravatar

    1) 9.
    2)Janubda ayiq yo'q,yoki panda,oq rangda
    3) 21 ta
    4) Avtobusni yonilg'isi tugagan,yoki ichida kasal bor
    6)Rasmda erta bahorda yer haydashyapdi,manimcha xatoligi shunda,yernk kuzda haydashadi