ENG SEVGAN ODAM

tailor.jpg

Bir donishmanddan so‘rashibdi:

– Eng yaxshi ko‘rgan insoningiz kim?

– Tikuvchimni yaxshi ko‘raman.

Savol so‘raganlar biroz esankirab qolishibdi:

– Bu qanaqasi?! Shuncha do‘stlaringiz, yaqinlaringiz bor. Bu tikuvchi sizga qanday bunchalik yaqin bo‘lib qoldi? Nega aynan tikuvchi?

– Ha, siz to‘g‘ri eshitdingiz. Mening eng sevgan insonim - tikuvchim. Chunki men har safar uning yoniga borganimda o‘lchovlarimni boshqatdan oladi. Boshqalar unday emas. Men haqimda bir marta xulosa qilishadi, o‘lguncha shu fikr bilan yurishadi.

 

Mahmudjon YUSUFJANOV tayyorladi

2 ta izoh

2 ta izoh

  1. Gravatar

    100%qôshilaman