KIRA OLMASLIK FOJEA EMAS

Insoniyat hayot zinalaridan yuqoriroq ko‘tarilishga intilib boraveradi. Abituriyentlik va talabalik mana shu hayot zinalarining ikki bosqichi ekanligini unutmaslik kerak. Bu zinalarni tashlab o‘tib ketib boshqa zinalardan yurayotganlar soni ham juda ko‘p topiladi.

Balki, siz bizni 2, 3 yil va bundan ham ko’proq marotaba yiqilgan abituriyentning holini tushunmaslikda ayblarsiz. To‘g‘ri, buni boshdan o’tkazmaganimiz bois vaziyatni to’laqonli baholay olmasligimiz mumkin, biroq nimaga ba’zi abituriyentlar bir urinishda talaba bo‘la oladi-yu, siz shuncha urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchrayapsiz – mana bu tomoni qiziq. Demak, tayyorgarlik bosqichingizda qandaydir muammo bor. Ko‘p hollarda bor diqqat-e’tiboringizni birinchi fanga qaratib, boshqa ikki fanga kam e’tibor berasiz. Buni tajribadan ko‘rib gapiryapmiz. U yoqda ayrim abituriyentlar uchta fanni ham ipidan ignasigacha o‘zlashtirishyapti va talabalik baxtiga erishishyapti.

little dude.jpg

Odatda, talaba bo‘la olmagan abituriyentlar aybni haqiqat mavjud emasligiga, ularga nisbatan adolatsizlik qilinganiga to‘nkashadi. Lekin haqiqat va adolat nisbiy tushuncha bo‘lib, kimgadir to‘g‘ri bo‘lgan narsa kimgadir noto‘g‘ri bo‘ladi. Atrofda siz hisobga olmagan haqiqatlar ham son mingta. Masalan, yetarli miqdorda dars qilmaganingiz, o‘tish ballari yuqori bo‘lgan yoki kuchingiz yetmaydigan oliy o‘quv yurtiga topshirganingiz, sizdan-da kuchliroq raqobatchilaringizning borligi va hakozo.

Yana bir muhim jihat: hech kim sizning ballingizni tushirib yuborish maqsadida javoblar varag‘ingizga o‘zgartirish kiritib o‘tirmaydi. 500 mingga yaqin javob varaqalari ichidan kimningdir javob varaqasini topib, unga o‘zgartirish kiritish absurddan boshqa narsa emas.

Bularga ham e’tirozingiz bo‘lsa, marhamat appelatsiyaga topshirib, o‘zingiz guvoh bo‘ling.

Masalaning asosiy qismi, yuqorida aytganimizday, 500 mingga yaqin abituriyentdan faqatgina 50 mingigina talaba bo‘ldi. Bu degani: kira olmagan abituriyent faqatgina siz emas, sizga “qismatdoshlar”  440 mingtani tashkil etadi. Demak, siz yolg‘iz emassiz.

Albatta, bu sizni ovutish uchun aytilayotgan oddiy gapday tuyular, lekin hayot davom etmoqda. Koinot harakatlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q. Hamma yashashda davom etmoqda. Demak, biz ham xuddi shunday davom etishga majburmiz. 

Hozir sizning eng avval qiladigan ishingiz - kelajakda nima qilishingiz haqida aniq qarorga kelib olish. Balki, abituriyentlik va talabalik zinalaridan voz kecharsiz. U holda kelgusi ishlaringizda omad tilaymiz. Modomiki, bu yo‘ldan qaytmas ekansiz, avgust oyi oxirigacha siqilish, dam olish, yig‘lash kabi jarayonlarni tugatib, sentabrdan astoydil belni bog‘lang. O‘tgan yilgi kamchiliklaringizdan xulosa chiqaring. Maqolamizga Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetiga kira olmagan abituriyent do‘stingiz tomonidan qoldirilgan fikrni ilova qilmoqchimiz:

“Pushaymonim yo’q.

O’tgan yildan sal bo’lsa-da xulosa chiqarganimni angladim. Dars emas, xulosa. Bu yil haqiqiy, yaxshigina dars oldim. Reallikdan qochib bo’lmaydi, bu yili loyiq (har tomonlama) emas ekanmanki, o’qishga kira olmadim. O’qishga kirganlarga tasanno, eplay olishdimi, kirishdi, tan beraman. Kira olmaganlarga esa sabr, vaqtning qadriga yetish kerak ekan.

Yoshi ulug’roq bir kishidan eshitgandim:Alloh o’zi suygan bandalariga sinov yuborarkan degan hikmatni. O’ta siqilish ham yaramaydi, o’zingizga zarar. Yaqinlaringizga ham qo’shimcha g’am olib keladi. Hayot oldinda!

Internet, ijtimoiy tarmoqlar haqida nima deya olaman, ulardan rejasiz foydalanish - vaqtning sho’ri ekan. 

Qo’llab-quvvatlaganlarga cheksiz rahmatlar! Azizlar, ishonchingiz, e’tiboringiz uchun tashakkur!”

Azimjon MAHMUDOV

19 ta izoh

19 ta izoh

  1. Gravatar

    Otabek Qamarov salom. Man Sampi kontrakt talaba bo'ldim. O'zizchi tayyorgarlikni boshladizmi? Sizga tayyorgarlik jarayonifa ulkan omad tilayman. Aytgancha bu yili VTS da birinchi o'rinnni egallashizga tilakdoshman. Faqat maqsad sari olg'a. Bu yili Samarqandga emas Toshkentga topshiring.

  2. Gravatar

    Munirani gaplariga 100% qo'shilaman. Kim nima desa deyaversin, kim nima qilsa qilaversin. Ishiz bo'masin. Faqat o'qing. Vaqtida damizi oling. Keyin ABITURIYENT gazetasini testlarini ishlang. Hamma abituriyentlarga maslahatim shu. o'qiganlar kiryapti. Shuni unitmaselar bo'ldi

  3. Gravatar

    O'qishga kirish or-nomus masalasiga ko'tarilib ketganakan :(((((

  4. Gravatar

    Hozir Toshkentga boriwga sharoitim yo'q. Shunga yangi yildan kn bormoqchidim. Keyin o'quvchi oliwmiydimi?

  5. Gravatar

    Азизбек масалан ман узим биринчи йил киромадим, лекин мана худога шукур бу йили Бюджет насиб киганакан)) кейин гап суз дисиз, сиз одамлани гап сузи билан яшасез хаетда кийналиб кетасизу..!!! ман узимдаям буган, кулиб этин улага манга Аллох бюджетти насиб киганаканде кейинги йил хдо хохласа бюджетга кираман дин шунда хамма жим булади,..!!

  6. Gravatar

    Rostdigayam. Ba'zi fikrlash qobilyati pastroq odamlar yomon gap qilishadi ular bilmiydida o'qishga kirish qancha qiyin ekanligini . qancha mehnat talab qilishini.

  7. Gravatar

    eeeee, yiqilish bilan hayot tugamiydi diyslayu gap so`zla yomonde. "Voy, kiromadimi? Nega?". Kuniga taxminan 50-60 odamdan ewitasz.

  8. Gravatar

    Камаров Отабек хозирдан руйхатдан утдин бумаса группала тулади..)) гурухла тулиши билан дарсла бошланади)

  9. Gravatar

    хамма нарсани хикмати бор, бу йили киромадизми значит худони бошка планлари боракан.. ман узим биринчи йили йикилиб, иккинчи йили бюджетга кирдим)) хамма нарса яхшиликка)

  10. Gravatar

    Munira raxmat. Qoyil zo'r ball to'plabsiz. Grant bo'ganiga alohida tabrik. ToshTAga borganimda kursdosh bo'larmidik. Farida kirdilami manga zemlyak bo'ladila. Manga Urganch uzoqda. Buxoro yaqinroq qayta. Otabek Hamzayev sizni ham tabrikliman. 33 ta kimyo bu ne kajdimu. Olimpiadada 21 ta chiqqanidi. 3 oyda bunga qanday eriwdiz. 1-yil topshirizmi?

  11. Gravatar

    Man Sharqshunoslikni tarix fakultetidan yiqildim.Hech narsasiz,faqat dtm ruxsatnomasi bilan kirgandim imtihonga. Lekin u yer xuddi mol bozoriday bo'ldi. Ingliz tilidan tekstlarni umuman tarjima qilolmadim.Chunki shovqin shunchalik ediki... Buni ustiga imtihondagi bosim ham.Bir auditoriya bola telfon ishlatib o'qishga kirsaya. Otabek Qamarov,siz Urganch filialiga topshiring,bu yerda chesni bo'ladi

  12. Gravatar

    Navoiy ATM to'g'risida hich narsa bilmiman! uzr

  13. Gravatar

    qamarov.otabek
    Rahmat! 1-o'rinda vaqtti to'g'ri taqsimlisiz endi keyingi yil. mandayam 1-yil vaqt yetmagandi.... bu yil juda katta tezlida ishladim. ToshMI davolash ishi 160.2 180.2 bo'ldi.. 189.8 bilan kirdim.

  14. Gravatar

    Munira sizi tabrikliman. Talabalik muborak bo'lsin. To'g'ri aytasiz haqiqat bor. O'zimdayam ayb ko'p. Vaqtni noto'g'ri taqsimladim. Lekin bunaqangi darajada ifloslik bo'liwini bilmagandim. Bu yil balki ToshTAga borarman. U yerda o'tish ballari (grantga) nechchi bo'libdi. O'ziz qancha to'pladiz. Yana bir iltimos Navoiy ATM da qachondan o'qish boshlanadi. Yangi yildan keyin o'quvchi olishadimi? Omad tilaganiz uchun katta RAXMAT!

  15. Gravatar

    Hafa bo'men.. Keyingi yil albatta kiras.. Siz VTS olimpiadasida kimyodan en zo'r natijani ogandiz.. HAQIQAT bor.. O'qigan baribir kiradi! Keyingi yil Xudo Xoxlasa kiras! OMAD!!!!

  16. Gravatar

    Hammaga salom. O'qishga kirganlani tabrikliman. Man afsuski o'sha 460 mingtaning bittasi bo'ldim. Albatta ayb o'zimda. Ln Samarqand tibbiyot institutida haqiqat yo'q ekan. Ishonasilami o'zim bn birga litseyda o'qigan tayyorlanmagan bola grantga kirdi. Man 168.8 ball bn yiqildim. Uni kirganiga mani yiqilganimga hamma hayron. Aytishicha butun gruppaga ishlab olib kelib berishibdi. Unaqa gruppadan 4 ta bo'ganmish. Aniq bilaman u kimyodan bittayam ishlolmaydi. Mayli omadini bersin. Nasib bo'sa zo'r do'xtir bo'ladi.

  17. Gravatar

    Hafa bo'men Dilfuza... Bu oddiy holat..yiqilgan abituriyent aybbi hich qachon o'zidan qidirmidi.. o'zidan qidirsa keyingi yil albatta o'qishga kiradi! o'zimi boshimdan o'tgan!

  18. Gravatar

    сизни гапизга 100 % кушиламан!!! тугри мен йикилмаганман лекин менимча кира олмаслик хаёт тугади деганимасу! энг кизиги мен бн тайёрланиб бирга укиган дугоналарим кирмаганликда узини эмас мени айбдордек ёмон мунособатда булиши алам киларкан.........

  19. Gravatar

    Abituriyentti gapini o'qip hayron qoldim..
    Shu kira olmasli hayot to'xtap qoldi diganimas 1yil ko'z ochguncha o'tip ketadi lekin bu gap so'zla.... O'zbelaga hayronman kirmasayam gapiriwadi kirsayam.... Man abituriyentlida kar bo'ldim disamam bo'ladi! Yiqilganlaga katta sabr tiliman.! Xudo Xoxlasa keyingi yil albatta TALABA bo'lasila.!