ENG KULGILI HALOKAT

reja.jpg

Qurilishda ishlaydigan ishchilardan biri insoniyat tarixidagi eng kulgili halokatni boshidan o‘tkazdi. Ushbu hikoya voqeani boshidan o‘tkazgan, kasalxonada davolanayotgan quruvchi tilidan bayon qilinadi.

– Men devor quruvchi ustaman. Hozirda kasalxonada yotibman. Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi.

 Ko‘p qavatli binolardan birida xizmat qilayotgan edik. Oltinchi qavatdagi ishlarimni tugatdim, biroq u yerda ozgina g‘isht ortib qoldi. Vazni taxminan 250 kg bo‘lgan bu g‘ishtlar pastga tushirilishi kerak edi.

Pastga tushib, bo‘sh zambil topdim. Arqonni zambilga bog‘ladim. Oltinchi qavatga chiqib, arqonni chig‘iriqdan o‘tkazdim va uchini pastga tashlab yubordim. Yana pastga tushdim-da arqonni tortib, zambilni oltinchi qavatga ko‘tardim. Yerga qoziq qoqib, unga arqonning ikkinchi uchini bog‘ladim. Yana oltinchi qavatga ko‘tarilib, g‘ishtlarni zambilga yukladim. Shundan so‘ng pastga tushib, bog‘lagan arqonimni yechgan ham edimki… Havoda uchib yuribman. Nega uchmay axir! Men taxminan 70 kiloman, g‘ishtlarning vazni 250 kg. Arqonni qo‘yib yuborishga aqlim yetmabdi. Yo‘lda zambilga urildim. O‘ng qovurg‘alarim shu payt singan bo‘lsa kerak. 

Eng yuqori nuqtaga chiqqanda esa barmoqlarim chig‘iriq va arqon orasida qolib ketdi. Barmoqlarim o‘sha paytda singan. Zambil yerga zarb bilan urilgach, uning ichidagi g‘ishtlar maydalanib, chang bo‘lib havoga ko‘tarildi. Endi zambil yengil, men og‘ir edim. Pastga tezlik bilan sho‘ng‘iy boshladim. Yo’l-yo’lakay yana zambil bilan uchrashdik. O‘ng oyog‘im shu paytda singan bo‘lsa kerak. Yerga tushdim, arqon qo‘limdan chiqib ketdi. Ko‘zimni ochib qarasam, zambil menga tomon juda katta tezlikda kelayotgan edi. Boshim shu paytda yorilgan bo‘lsa kerak.

Ko‘zimni ochib qarasam,  kasalxonadaman. Xudo barcha qullarini bunday ko‘rinmas falokatlardan saqlashini tilab yotibman. 

 

0 ta izoh

There are no comments