METEORIT HIKOYASI

76 yilda bir marta kuzatiladigan voqelik sodir bo‘lmoqda. “Halley” nomli meteorit yer yuziga eng yaqin nuqtadan uchib o‘tadi. Shunday ilmiy hodisani bolalarga o‘rgatmoqchi bo‘lgan internat maktab direktori o‘zining eng yaqin yordamchisini chaqirib, shunday buyruq berdi:

 - Domla, 76 yilda bir marta kuzatiladigan voqea sodir bo‘lmoqda. Sayyoramizning shundoqqina yonidan o‘tuvchi “Halley” meteoritini o‘quvchilar ertaga soat 20:30 da maktabimiz hovlisidan kuzatishlari mumkin.

Yotib qoladigan o‘quvchilar hovliga o‘zlarining sport kiyimlari bilan chiqishsin. Mabodo, yomg‘ir yog‘ib qoladigan bo‘lsa, sodir bo‘ladigan hodisaga oid hech narsa ko‘rinmaganligi sababli ularni oshxonaga to‘plab, ushbu voqea haqida film ko‘rsatamiz.

Bosh yordamchi buyruqni eshitishi hamonoq o‘quv ishlari bo‘yicha direktor yordamchisiga shunday ko‘rsatma berdi: 

403980_10151445090279251_1861547085_n-500x500.jpg

- “Halley” ismli meteorit ertaga kechki payt soat 20:30 da maktabimiz hududining ustidan uchib o‘tadi. Mabodo, yomg‘ir yog‘ib qolsa, yotib qoladigan o‘quvchilarga sport kiyimlarini kiydirib, 76 yilda bir marta sodir bo‘ladigan voqeani kuzatish uchun oshxonaga olib kelinadi.

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini amrni navbatchi o‘qituvchiga yetkazdi:

 - Hurmatli direktorimizning buyruqlariga binoan, ertaga soat 20:30 da barcha o‘quvchilarga tungi kiyimlar kiydirilib, oshxonada tengsiz “Halley” meteoritini tomosha qildiriladi. Agar yomg‘ir yog‘adigan bo‘lsa, har 76 yilda bir marta bo‘lganidek, direktorimiz qo‘shimcha buyruq beradilar.

Navbatchi o‘qituvchi buyruqni “hech qanday o‘zgarishsiz” o‘quvchilar sardoriga yetkazadi:

 - Har 76 yilda bir marta bo‘lganidek, ertaga kechki payt 20:30 da direktorimiz “Halley” meteoriti bilan birga oshxonaga keladilar. Agar yomg‘ir yog‘sa, direktorimiz meteoritga tungi kiyimlari bilan maktabning hovlisiga kirishga ruxsat beradilar.

Nihoyat, sardor buyruqni o‘quvchilarga yetkazib bermoqda:

 - Ertaga taxminan 20:30 lar atrofida, yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda, tungi kiyimlarini kiygan 76 yoshli tengsiz direktor Halley o‘zlarining meteoritlari va hurmatli direktorimiz bilan birga maktabimiz oshxonasidan o‘tib ketishadi…

 

0 ta izoh

There are no comments