MANTIQ MAYDONI 14/2013

1. Keyingi had

Ketma-ketlikning keyingi hadini toping. 

891 - 684 - 479 - 366 - ???

 

2. Oltita besh

Sizda 6 dona besh soni mavjud. Siz bu sonlarning har birini bir marta ishlatib, ko‘paytirish, bo‘lish, ayirish va qo‘shish amallaridan foydalangan holda, 100 sonini hosil qiling.

 

3. Bizga tegishli

Aslida, bizga tegishli bo‘lsa-da, lekin  ko‘proq boshqalar tomonidan ishlatiladigan narsa nima?

 

4. 40 sigir

Otaning qirq sigiri va 5 nafar o‘g‘li bor. Sigirlar shunday xususiyatga ega. 1-sigir kuniga 1 litr sut beradi. 2-sigir 2 litr, 3-sigir 3 litr, … 40-sigir 40 litr.

Ota o‘limidan oldin shunday vasiyat qilib ketgan ekan: o‘g‘illarimga teng miqdorda sigir berilsin va ulardan keladigan kunlik  sut miqdori ham teng bo‘lsin.

Ota vasiyatini bajarish uchun o‘g‘illar  sigirlarni qanday bo‘lishib olishadi?

 

5. O‘tinni bo‘lish 

Bir o‘tinchi 15 metr uzunlikdagi yog‘ochni teng uch bo‘lakka bo‘lish uchun 15 daqiqa sarflaydi. Shu o‘tinchi xuddi shunday yog‘ochni teng besh bo‘lakka ajratish uchun necha daqiqa sarflaydi?

 

6. Olmani kim oldi?

Oshxonada dasturxonga qo‘yilgan olmalardan biri yo‘qolib qolgan. Shubha uch ofitsiantdan biriga tushmoqda. Ular shunday ko‘rsatma berishdi:

Ergash: Olmani Ali oldi.

Ali: Ergash to‘g‘ri gapiryapti.

Vali: Olmani men olmadim.

Yuqoridagi ko‘rsatmalardan biri to‘g‘ri,  biri yolg‘on va uchinchisi olmani olgan. Olmani kim olgan?

 

7. Rasmdagi xatolikni toping.

ftf.001.jpg

O'tgan sonda e'lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari.

1. Sakkizning o‘ng ustki tarafdagi cho‘pini olib, birinchi 5 ni 6 ga aylantirish lozim.

2. Yerga cho‘p suqib, soyasi tushgan nuqtani belgilab qo‘yadi. Oradan biror soat o‘tgach, yana soya tushgan joyni belgilab, ikki nuqtani to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiradi. Quyosh yo‘nalishidan g‘arb  topib olinadi. (quyosh sharqdan g‘arbga harakatlanadi)
3. 49
4. 1 va 2 olib borishga 2 soat
1-bilan qaytib kelish 3 soat
4 va 6 ni olib borishga 9 soat
2 bilan qaytib kelishga 11 soat
1 va 2 ni olib borishga 13 soat
5. Yakor old tarafda bo‘lishi kerak.
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments