MANTIQ MAYDONI 13/2013

1. To‘g‘ri hisob

Rasmda gugurt cho‘plari yordamida amalga oshirilgan arifmetik hisob-kitob tasvirlangan. Shu rasmda bitta gugurt cho‘pining joyini almashtirib, to‘g‘ri hisob-kitobni amalga oshiring.

 mant2.jpg

2. G‘arb qayerda?

Karvondan ajrab qolgan odam kimsasiz cho‘lda bir o‘zi qolib ketdi. Afsuski, uning hamma narsalari karvon bilan ketib qolgan edi. U odam o‘z jonini saqlab qolishi uchun g‘arbga qarab yurishi, yo‘nalish tanlashda esa xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin emasdi. U odam  o‘z yo‘nalishini qanday tanlab oladi? 

 

3. Boltavoy akaning yoshi

Bir kuni mahalladagi bolalar Boltavoy akadan uning necha yoshdaligini so‘rashibdi. Boltavoy aka ham bolalarning biroz mantiqiy fikrlashlarini o‘stirish maqsadida  shunday javob beribdi: “Agar shanba va yakshanbalarni inobatga olmasak, 35 yoshman.”

Boltavoy akaning haqiqiy yoshi nechada?

 

4. Tanbal mushuklar

Mening to‘rtta mushugim bor. Ularni fermagacha yurg‘izib olib borishim kerak. Faqat u mushuklar fermagacha 1, 2, 4 va 6 soatda yetib borishadi. U yoqqa ketishda o‘zim bilan faqatgina 2 dona mushukni olib ketishim mumkin, qaytishda ham ulardan biri menga ergashib keladi. Men bilan keladigan mushukni tanlash imkoniyatiga egaman.

Fermaga borishda ham qaytishda ham eng sekin yuradigan mushukni tezligida borib, shu tezlikda qaytaman. (Masalan, 1 soatda yetib boradigan va 6 soatda yetib boradigan mushuklar bilan yurganda 6 soatda yetib boramiz.)

Bu to‘rt mushukni eng tez necha soatda fermaga olib bora olaman?

 

5. Rasmdagi mantiqiy xatolikni toping.

02.jpg

12/2013  sonda  e’lon  qilingan  mantiq savollarining  javoblari

2. a) Murod=20,  Ozod=10,  Tohir=5
b) Murodning o‘g‘li Ozod
3. Boylik teng ikkiga bo‘linib, bir qismining uchdan ikkisi o‘g‘ilga, uchdan biri o‘ziga, ikkinchi bo‘lakning uchdan biri qiziga, uchdan ikkisini  o‘ziga oladi. Umumiy holda, qizga boylikning oltidan biri, o‘g‘ilga uchdan biri va ayolga yarmi tegadi.
4. Yiqilib yotgan yo‘nalish belgilarini o‘rnidan ko‘tarib, o‘zi kelgan qishloqqa, o’zining qilshlog‘i yo‘nalishini to‘g‘rilaydi va boshqa qishloqlar yo‘nalishlarini ham aniqlab oladi.
5. Soyabon ochiq xolda turganda uni ushlab turadigan simlari bo‘lishi lozim.

 

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments