MANTIQ MAYDONI 12-2013

1. Snayperlar klubi

Snayperlar klubining 100 ta a’zosi doimiy ravishda baholanib borib, kerakli ballni to‘play olmagan snayper klubdan chetlashtirilar edi. Klubdagi birinchi snayper 80 ball to‘pladi, ikkinchi snayper esa 60 ball. Uchinchi snayper esa birinchi va ikkinchi snayper to‘plagan ballning arifmetik o‘rtachasini to‘play oldi. To‘rtinchi snayper 1-, 2- va 3- snayperlar to‘plagan ballning arifmetik o‘rtachasini to‘pladi. Beshinchi snayper ilk to‘rt snayper ballining arifmetik o‘rtachasini to‘pladi. Ketma- ketlik shu shaklda davom etgan bo‘lsa, 100-snayper necha ball to‘plagan?

 

2. Baliq ovi

Murod bilan Ozod quyoshli, issiq kunda o‘g‘illarini olib, baliq oviga borishibdi. Ular kun bo‘yi qilgan harakatlari evaziga umumiy miqdorda 35 dona baliq ovlashibdi. 

a) Otalar o‘g‘illaridan 2 martadan ko‘p baliq ovlashgan bo‘lsa, har bir odam nechtadan baliq ovlagan?

b) Ozodning o‘g‘lining ismi Tohir bo‘lsa, Murodning o‘g‘lining ismi nima?

 

3. Vasiyat

Qadim zamonlarda katta tijoratchilardan biri o‘limi yaqinlashganini sezar edi. Aksiga olib, uning ayoli homilador edi. U zamonlarda tug‘ilmagan bolaning jinsini oldindan aniqlab bo‘lmas edi. Tijoratchi xotiniga shunday vasiyat qilibdi: Agar o‘g‘il tug‘ilsa, bor boyligimning uchdan ikki qismi o‘g‘limga, uchdan biri senga, qiz tug‘ilsa, butun boyligimning uchdan bir qismi qizimga, uchdan ikki qismi senga tegishli bo‘ladi. 

Shunday vaziyatdan so‘ng tijoratchi vafot etibdi. Ayoli esa vaqt-soati kelib bir o‘g‘il va bir qiz- egizaklar onasiga aylanibdi. Bunday holda tijoratchining boyligi qanday nisbatda bo‘linadi?

 

4. Yo‘nalish

Bilol o‘zining qishlog‘idan 10 km uzoqlikda joylashgan buvisining qishlog‘iga velosipedda yo‘lga chiqibdi. Biroz yo‘l yurgandan so‘ng to‘rtga ajralgan yo‘lga yetib kelibdi. Qaysi yo‘l qaysi qishloqqa olib borishini ko‘rsatuvchi belgi  kuchli shamoldan so‘ng sinib, yerda yotar edi. Bilol biroz o‘yga tolgach, buvisining qishlog‘iga qaysi yo‘l olib borishini topibdi. U to‘g‘ri yo‘lni qanday topgan?

 

5. Rasmdagi xatolikni toping.

Blog Fault Pic 12.jpg

 

O'tgan sonda e'lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

1. 33 soniya (soat uchda birinchi va uchinchi orasida 3 soniyadan 6 soniya o‘tadi. Soat 12 da esa 11 ta oraliq mavjud va har biriga 3 soniyadan)

2. 3 $
3. ((7+1/7)x(7+7)=100
4. 3 ta qutiga 7 tadan yong‘oq joylab, uchta qutini to‘rtinchi quti ichiga solish kerak.
5. 100 so‘m. 
6. Kemaning kirish teshigi juda ham kichik

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments