QIZIQ VOQEALAR

* Jake Fen ismli mojar(venger) odam ayolini qo‘rqitish maqsadida o‘zini osib o‘ldirganga soldi... Uyga kirgan ayolini o‘lik holda ko‘rib, hushidan ketdi. Eshik ochiq qolgan edi. Qo‘shni ayol qarasa, uyda ikki o‘lik yotibdi. Uydagi moddiy boyliklarni o‘g‘irlab chiqmoqchi bo‘lganida Jake qo‘shni ayolni bir tarsaki urdi. Jasadning jonlanganidan qo‘rqib ketgan ayolning yuragi yorilib o‘ldi.

* Karson xonim New York shtatida yashardi. Kunlardan bir kuni zerikkanidan janoza ishlari bilan shug‘ullanuvchi shirkat bilan kelishib, oila a’zolariga hazil qilmoqchi bo‘ldi. Shirkat uyiga telefon qilib Karson xonimning yurak xurujidan vafot etganini bildirdi. Oila a’zolari tezlik bilan voqea joyiga yetib kelib, diydiyoni boshlashgan edi, tobutda yotgan Karson xonim o‘rnidan turdi, lekin shu vaqtda uning qizi yurak xurujidan vafot etdi.

* Ishsizlik va faqirlikdan qiynalgan 42 yoshli italiyalik Romollo Ribaldo o‘z joniga qasd qilishga qaror qilib, to‘pponchani tayyorladi. Ayoli uni bu qarordan qaytarish uchun rosa yolvordi, natijada Romollo yig‘lay boshladi va o‘z joniga qasd qilishdan voz kechib to‘pponchani otib yubordi. To‘pponcha zaryadlangani bois, yerga urilganda undan o‘q uchib chiqib xotiniga tegdi va xotini hayotdan ko‘z yumdi.

* Kansas Wichita aeroporti mehmonxonasida 22 yoshli odam hibsga olindi. Voqeaning qiziq tarafi u 16 dollarlik soxta kupyura ishlatmoqchi bo‘lgan edi.

* Washingtonda qamoqxonadan qochgan bir odam  sevgan qizi bilan ovqatlanishga boribdi. Ovqat jarayonida odam stoldan uzoqlashib, uzoq vaqt kelmagach, qiz xavotirlanib politsiya xodimlaridan u odamni topib berishini so‘raydi. Politsiya xodimlari uni topib, yana o‘z joyiga qamoqxonaga, yuborishadi.

* Marko va Roberto ismli egizaklar bir-birlari bilan hech kelisha olishmasdi. Robertoning tinmay ustidan kulishiga chiday olmagan Marko  bir kuni pistolet olib egizagini peshanasidan otib o‘ldirdi. Aslida, bu oddiy ko‘rinsa-da, bular siam egizaklari bo‘lib, bitta qon aylanish sistemasini bo‘lishishar edi. Qon aylanishi to‘xtagach, Marko ham vafot etdi.

* Michigan Loniada spirtli ichimlik iste’mol qilgan tovlamachi ikki qizdan naqd pul talab qildi. Qizlar pul bermagach, ularni, “Politsiya chaqiraman”,-deb qo‘rqitdi. Qizlar unga e’tibor berishmagach, chindan ham politsiya chaqirdi va hibsga olindi.

* 1902-yilda “Gilette” shirkati ishlab chiqargan soqol oladigan uskunalarni ishlata olmagan minglab xaridorlar, bu uskunalarning soqol olmayotganligidan shikoyat qilib, ularni axlatga tashladilar. Bu holatni tadqiq qilgan “Gilette” kompaniyasi xodimlari odamlar soqol olishdan oldin uskuna ustidagi himoya qoplamasini olib tashlamasdan, soqol olishga uringanini aniqladilar.

* Pensilvaniyada ayblanuvchini tergov qilayotgan tergovchi, ayblanuvchining boshiga kserokopiya apparati simlarini bog‘lab, agar ayblanuvchi yolg‘on gapirsa, apparat yozib olishini uqtirdi. Bunga ishongan ayblanuvchi barcha ayblarini tan oldi. 

* 1840-yilda AQSH prezidentligiga yangi saylangan Uilyam Harri Harrison sovuq kunlarning birida prezidentlik qasamyodida palto va shapka kiyishni xohlamadi. Natijada sovuqdan shamollash orttirib oldi va prezidentlik vazifasini faqatgina bir oy bajarib, hayotdan ko‘z yumdi. 

* 1975-yilda ingliz oilalaridan biri o‘zlari sevgan komediya ko‘rsatuvini ko‘rish davomida eri kulaverib yorilib o‘lib qoldi. Shundan so‘ng ayol televideniya xodimlariga telefon qilib, erining so‘nggi nafaslarida shunday xursand qilishgani uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

* Fransiya armiyasi minalarga qarshi kiyiladigan oyoq kiyim ishlab chiqardi. Lekin armiya  bu oyoq kiyimlardan tezda voz kechishga majbur bo‘lishdi. Sababi esa bu oyoq kiyimlar juda og‘ir bo‘lgani sababli minali maydonda yurishga qiynalgan askarlarni dushman askarlari osonlik bilan otib o‘ldirishar edi.

 

0 ta izoh

There are no comments