MANTIQ MAYDONI 10-2013

1. Suv idishlari

2, 4, 5 va 9 litrlik ko‘zachalar mavjud. Bulardan 9 litrlik ko‘za suv bilan to‘la. Bu 9 litrni eng kam urinish bilan teng uch bo‘lakka bo‘ling.

 

2. Arifmetika

Quyidagi arifmetik amallarda har bir harf  bittadan raqamni ifodalamoqda. CE va RE ikki xonali, NNN uch xonali son. 

 

CE·RE=NNN

 

tenglik o‘rinli bo‘lsa, C+E+R+E+N ning qiymatini toping.

 

3. Dori ichish

Doktor sizga 3 dona tabletka berib, har yarim soatda bittadan ichishni buyurdi. Siz bu dorilarning hammasini necha soatda ichib bo‘lasiz?

 

4. Qotillikmi yoki o‘z joniga qasdmi?

Tom ismli odamning ayoli uyidan o‘lik holda topildi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlariga eri shunday ko‘rsatma berdi:

– Ertalab ayolimga bu oqshomni kafeda o‘tkazishimni, u esa uyda o‘tirishini tayinlab yo‘lga chiqdim. Men kafega ketarkanman  shamol esa boshlagan edi. Daryoning ko‘prigidan o‘tib olgach, shunday bo‘ron boshlandiki…

Kafega yetib borib qarasam, u yerda elektr toki uzilgan, qahvaxona yopilgan edi. U yerda birpas kutib turgach, foydasi yo‘qligini sezib uyga qaytdim. Qarasam, ko‘prikni to‘fon uchirib yuborgan. Majburan daryodan suzib o‘tdim.

Uyga kelsam, uyda ham elektr simlari uzilib qolgan, eshiklar qulflangan. Eshikni taqillatdim, hech kim ochmadi, oynani taqillatdim hech kim ochmadi. Majburan eshikni sindirib ichkariga kirdim. Hammayoq qorong‘u, cho‘ntagimdagi gugurtni yoqib, atrofga qaradim, xotinim yo‘q, chaqirsam javob bermayapti. Oshxonaga kirsam, u qonga belanib yotgan edi…

Bu ko‘rsatmadan so‘ng politsiya xodimlari Tomni qo‘liga kishan urib, qamoqqa olishibdi. Politsiya xodimlari Tomning qotil ekanligini qayerdan bilishgan?

 

5. Rasmdagi xatolikni toping.

Rasmda relslarda harakatlanayotgan poyezd tasvirlangan. Bu rasmdagi mantiqiy xatolikni toping.

FindThe Fault dNo 17.jpg

O'tgan sonda e'lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari.

1. a) muvozanat o‘zgarmaydi; 

    b) taxtali idish og‘irroq bo‘ladi.
2. Trubaning bir nuqtasi qizdiriladi. Issiqlik suv yo‘nalishida harakatlanadi. Trubaning qaysi tarafi qizisa suv o‘sha tomonga qarab oqayotgan bo‘ladi.
3.  Chizib bo‘lmaydi.
4. 3 ta qizil, 3 ta moviy. 
5. Varrakka ip o‘rtasidan bog‘lanishi lozim.
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments