YONG‘OQ

Assalomu alaykum.
Hayot – eng katta o‘qituvchi. Biroq bizga ibrat bera oladigan, bizga ibrat bo‘la oladigan filmlar, o‘zgalarning hayoti, kitob va boshqa vositalar ham borki, ular bu vaqtinchalik “karvonsaroy”da o‘z o‘rnimizni topa olishimiz, o‘zimizdan yaxshi ot qoldira bilishimiz uchun katta yordam beradi. Bugun biz ana shunday vositalardan sanaladigan aforizm hamda maksimlarni e’tiboringizga havola etishni maqsad qildik.
Aforizm va maksimlar – hayot falsafasining qisqa xulosalari. Ularda muallif haqiqati oddiy yoki murakkab yo‘sinda ifoda etilishi mumkin. Buni sizga mag‘iz yoki chaqilmagan yong‘oq berishlariga qiyos etsak bo‘ladi. Bugun sizga taqdim etilayotgan fikrlar ham o‘sha xususiyatlardan xoli emas. Ayrim fikrlar bilan tanisha turib sizda nim tabassum paydo bo‘lishi mumkin. Biroq “Bu yerda gap mening o‘zim yoki qaysidir vaziyatdagi holatim haqida ketmayaptimikan” degan o‘y bilan o‘qisangiz, o‘ylaymizki, “yong‘oqni chaqish” osonroq kechadi. Yong‘oqni butun qoldirish yoki chaqib yeyish o‘zingizga havola.

Shu qadar tushunarsiz yozardiki, uni daho deyishlariga sal qoldi.

*   *    *

Kallang bilan to‘pni qaytarayotib buni aqliy mehnat deb hisoblama.

*   *    *

Hammaning ichki dunyosi bor, ammo ayrimlarning dunyosida  yashab bo‘lmaydi.

*   *    *

Hozircha bironta yo‘lovchi avtomashinani bosib ketgani yo‘q, ammo shunga qaramay negadir mashina egalari norozi.

*   *    *

Har xil usulda suzadilar, lekin bir xil usulda cho‘kadilar.

*   *    *

Bunaqa basharaga faqat shapaloq yarashadi.

*   *    *

Uni iste‘doddan mahrum qilib bo‘lmasdi, chunki iste‘dodning o‘zi yo‘q edi.
Shunaqa orzular bo‘ladiki, ularning ro‘yobga chiqmaganini olqishlash mumkin.
Qo‘rqoqlar olg‘a ketishdimi? …demak, dushman orqadan hujum qilgan.

*   *    *

Qanaqasiga qo‘ylar ham butun, bo‘riyam to‘q bo‘larkan? …demak, cho‘ponni yeb qo‘yishgan.

*   *    *

Sochlar xuddi do‘stlarga o‘xshaydi: oqaradi va siyraklashadi.

*   *    *

Fikrlarini vasiyat qilarkan, avlodini qashshoqlikka mahkum etdi.

*   *    *

Pochtachiga o‘chakishib o‘ziga behisob xatlar yozdi.

*   *    *

Tushini yaxshiroq ko‘rish uchun ko‘zoynak taqib uxlardi.

*   *    *
Otishma – fikrni masofadan uzatish.

*   *    *

U kek saqlamasdi: boshqalarga qilgan g‘alamisligini unutib yuborardi.

*   *    *

Men yuz grammdan ortiq ichmayman, ammo yuz gramm ichgach, men boshqa odamga aylanaman, ana o‘sha odam ko‘p ichadi.

*   *    *

Uyqudori ichishni unutib uxlab qoldi.

*   *    *

Bahslarda faqat haqiqat emas, g‘urralar ham paydo bo‘ladi.

*   *    *

Xonim  tramvayda joy bo‘shatishganda xafa bo‘lardi.

*   *    *

Erkaklar shunchaki, ayollar esa ko‘zda yosh bilan yolg‘on so‘zlaydilar.
Bittasi xurrak otganda ikkinchisi eshitmaydigan nikoh baxtli nikohdir.
Jimgina gunoh qilish mumkin bo‘lganda baqirib tavba qilishning nima hojati bor?

*   *    *

O‘ta aqlli bo‘lib ko‘rinish uchun uzoq xo‘mrayib turish kerak.

*   *    *

Har bir aroqxo‘r bolaligida sutxo‘r bo‘lgan.

*   *    *

Bo‘sh qorin bilan to‘laqonli hayot kechirish qiyin.

*   *    *

Eshikni taraqlatib yopishdan oldin uning taraqlashiga ishonch hosil qil.

*   *    *

Darz ketgan oynadan qarayotgan odamga dunyo parchalangandek tuyuldi.

*   *    *

U podsho huzuriga tashrif buyurmoqchi bo‘ldi. Bundan xabar topgan podsho taxtidan voz kechdi.

*   *    *

U aqlli ko‘rinish uchun atrofiga o‘zidan ahmoqroqlarni yig‘di.

*   *    *

Hech narsa o‘qimasdi. U kitobxon emas, yozuvchi edi.

*   *    *

Eri shu qadar rashkchi ediki, hatto begona erkaklarning tushiga kirishiga izn bermasdi.

*   *    *

Romanning maqsadi ma‘lum, faqat uning mazmuni mavhum edi.

*   *    *

Tog‘larni undan yuksak bo‘lgani uchun yoqtirmasdi.

*   *    *

Balet – karlar uchun opera.

*   *    *

U juda beozor. Hozirgacha shishadan tashqari hech kimning bo‘g‘zidan olgan emas.

*   *    *

Sevgida uchta tinish belgisi bo‘ladi: undov, ko‘p nuqta va nuqta.

*   *    *

O‘z shajarang bilan faxrlanarkansan, avlodingni ham shunday imkoniyatdan mahrum qilma.

0 ta izoh

There are no comments