MANTIQ MAYDONI 9-2013

1. Arximed qonuni

a) Tarozining bir tarafida 250 gr og‘irlikdagi suvi bor idish (to‘la emas) va 250 gr tosh, ikkinchi tarafida esa 500 gr tosh turibdi. Albatta, bu holda tarozi muvozanatda turibdi. Agar 250 gr toshni olib suvning ichiga tashlansa (suv toshmaydi), muvozanat o‘zgaradimi?
b) Ikki silindrik idishlarda bir xil miqdorda suv bor, ular tarozining pallalariga qo‘yilgan va muvozanatda turibdi. Bu idishlardan biridagi suvning ichiga taxta qo‘yilsa (suv sathi ortadi, lekin toshmaydi), tarozi muvozanati qanday o‘zgaradi?
 
2. Suvning yo‘nalishi
Katta qorong‘i xonada bir devordan kirib boshqa devordan chiqib ketgan temir truba bor. Bu trubalardan suv oqadi. Bu trubani teshmasdan, ochib ko‘rmasdan suvning qaysi yo‘nalishda oqayotganligini qanday aniqlash mumkin?
 
3. Uddalay olasizmi?
mant.jpg
Rasmda ko‘rsatilgan shaklni uch marta qo‘l uzish orqali chizish mumkinmi? 
 
4. Shoshqol otish
Ikki o‘rtoq shoshqol o‘ynashmoqda. Bu o‘yinda shoshqoldagi sonlar emas, ranglar muhim.
 
O‘yin ikki shoshqol yordamida o‘ynaladi. Bu shoshqollarning ba’zi taraflari moviy, ba’zi taraflari qizil. Bolalardan biri shoshqollarni otadi. Agar ikki shoshqol bir xil rangda bo‘lsa, A o‘yinchi, turli rangda bo‘lsa, B o‘yinchi g‘olib bo‘ladi. Birinchi shoshqolning beshta tarafi moviy, bir tarafi qizil. Ikki o‘yinchi bir xil imkoniyatga ega bo‘lishi uchun ikkinchi shoshqol nechta moviy, nechta qizil tarafga ega bo‘lishi lozim. 
 
5. Rasmdagi xatolikni toping.
Find The Fault No 14.jpg
 
8/2013  sonda  e’lon  qilingan  mantiq savollarining  javoblari
1. 50
2. 7:15 da uydan chiqib, 8:15 da maktabga yetib boradi.
3. Bir shamni ikki tarafidan yoqadi, ikkinchisini bir tomondan. 30 daqiqada ikki tarafdan yoqilgan sham yonib bo‘ladi, u yonib bo‘lishi bilan ikkinchi shamni ikkinchi tarafidan yoqib yuboradi. Shunda ikkinchi sham tugaganida roppa-rosa 45 daqiqa o‘tgan bo‘ladi.
4. 47
5. Qaysidir sonning kvadratini 3 ga bo‘lganda hech qachon 2 qoldiq qolmaydi. Demak, nxn o‘lchamli olmoslarni uch kishi bo‘lishganda 2 ta ortmasligi lozim edi.
 
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments