MANTIQ MAYDONI (8-2013)

1. Narx
Bir o‘yinchoq raketa va bir to‘p birgalikda 1100 so‘m. Agar raketa to‘pdan 1000 so‘m qimmat bo‘lsa, to’pning narxi necha so‘m?

2. Soat nechada?
Ahmad maktabga yurib boradi. U yo‘lning to‘rtdan birini bosib o‘tganida avtobus bekati yonidan, uchdan birini bosib o‘tganida esa vokzal yonidan o‘tadi. Avtobus bekatiga kelganida soat 7:30 bo‘lib, vokzal yonida soat 7:35 ni ko‘rsatsa, Ahmad soat nechada uydan chiqib, soat nechada maktabga yetib boradi?

3. Shamlar va vaqt
Kimyoviy tajriba o‘tkazish uchun 45 daqiqa vaqtni o‘lchash lozim. Aksiga olib, laboratoriyadagi soat ishlamay qolgan vaqtni o‘lchash uchun eksperimentatorda faqatgina ikki sham bor bo‘lib, ularning har biri 1 soatda yonib bo‘ladi. Eksperimentator bu shamlardan foydalanib, 45 daqiqani qanday o‘lchaydi.

4. Laminariya
Bir ko‘ldagi laminariyalar (suvo‘t turi) har kuni o‘z kattaligining 2 baravari miqdorida kattalashadi. Ko‘l 48 kunda laminariya bilan to‘liq qoplansa, ko‘lning yarmi necha kunda laminariya bilan qoplangan?

5. Qirolicha olmoslari
Buyuk Britaniya qirolichasining olmoslari kamayib qolganini bir qarashda sezish maqsadida ular n X n o‘lchamda, kvadrat shaklida saqlanar edi. Agar olmoslardan biri olinsa, darrov ko‘zga chalinar edi.
Lekin kunlarning birida o‘g‘irlik sodir bo‘libdi. Qirolicha olmoslarining ko‘pchiligi o‘g‘irlangan edi. Yo‘qolgan olmoslarni topish uchun Sherlok Holms yollandi. Sherlok Holms ham so‘roq qilishni qorovuldan boshladi. Qorovul shunday ko‘rsatma berdi:
– Birdaniga uch kishi bostirib kirdi. Meni bog‘lab qo‘yib, olmoslarni o‘zaro bo‘lishdilar. Ortib qolgan ikki olmosni esa bo‘lisha olmaganliklari uchun tashlab ketdilar. Meni o‘ldirib qo‘yisharmikan deb rosa qo‘rqqandim. Baxtimga olmosga mahliyo bo‘lib, meni esdan chiqarib qo‘yishdi.
Shu gaplardan so‘ng Sherlok Holms qorovulni jinoyatda sheriklikda ayblab, qo‘liga kishan uribdi. Sherlok Holms qorovulning bu ishga aloqasini qayerdan bilgan?

6. Rasmdagi xatolikni toping.

fault-3.jpg

7/2013 sondagi mantiq savollarining javoblari:


1. Astronavt
2. Cho‘pon o‘rtadagi eshikni taqillatadi. Bu eshikda S–Q yozuvi turgani sababli, bu yerda ikkita bir xil rangli qiz bor.  Sariq rangli qiz chiqsa, ikkinchisi ham sariq bo‘ladi. Uchinchi eshikda Q–Q yozuvi borligi sababli u yerda yoki S–Q, yoki S–S yozuv bo‘lishi lozim. Ikkita sariq qiz 2-xonada bo‘lgani sababli 3-xonada S–Q bo‘ladi. 1-xonada Q-Q bo‘ladi. Agar shu xonadan qora rangli qiz chiqsa, shu mantiq asosida topiladi.
3. 3 litrlik idishda suv olib 5 litrlikka quyiladi. Keyin yana 3 litrlikka idishda olib 5 litrlikka quyila boshlanadi. 5 litrlik idish to‘lganida 3 litrlik idishda 1 litr suv qoladi. 5 litrlik idish bo‘shatilib, ichiga 1 litr suv quyiladi va yana bir bor 3 litrlik idishda suv olib 5 litrlik idishga quyilsa, 5 litrlik idishda 4 litr suv hosil bo‘ladi.
4. 16 ta
5. Chap tarafdagi poyezdning ikkita lokomotivi bor, o‘ng tarafdagining esa umuman lokomotivi yo‘q.

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments