E-MAIL

Boshqa o‘lkaga sayohatga chiqqan turist bir mehmonxonaga joylashibdi. Ichkari kirib, ne ko’z bilan ko’rsinki, xonasida kompyuter turibdi, kamiga u internet tarmog’iga ham ulangan. Sayyoh xursandchilikdan terisiga sig’may ketibdi. Bunday imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida u turmush o‘rtog‘ining e-mailiga maktub yozishga qaror qilibdi.
Lekin  qattiq hayajonlanib ketgani sababli  maktubni ayolining e-mailiga emas, balki boshqa adresga yo’llab yuboribdi.  
Xuddi shu vaqtda  boshqa bir shaharda bir ayol erining janozasidan qaytgan, anchagina tushkun kayfiyatda o’tirardi. Uyiga kelib, pochtasini ochib qarasa, bir xat kelibdi. Do‘stlaridan ta’ziya maktubi deb o‘ylab, uni ochib, quyidagi xabarni o‘qibdi:
Kimga: Sevimli ayolimga.
Mavzu: Yetib keldim.
Sana: 16-may, 2004- yil.
“Men senga xat yozganimga hayron qolishingni bilaman. Bu yerda kompyuter bor, o‘z yaqinlaringga maktub yoza olasan. Bu yerga yaqindagina joylashib, ro‘yxatdan o‘tib oldim. Hamma narsa sening ertaga bu yerga yetib kelishingni inobatga olib tayyorlangan. Sen bilan uchrashishni intizorlik bilan kutaman. Umid qilamanki, sen ham men kabi qiyinchiliksiz yo‘l bosib kelasan.
Unutma, bu yer juda issiq”.

 

1 ta izoh