AVTOHALOKAT

Bir necha yigit avtomobil haydab ketishayotgan edi. Aksiga olib yo‘llaridan mushuk chiqib qolibdi. Yigitlar mashinani boshqara olmay mushukni urib yuborishibdi. Mashinadan hamon tushib yo‘l chetida sakrayotgan mushukni ko‘rishibdi. “Bechora mushuk, hech bo‘lmasa azoblanmay o‘lsin” deya mashina bagajidan beyzbol tayog‘ini olib mushukni ura boshlashibdi…
Shu payt yo‘l chetidagi ko‘p qavatli uylardan birining derazasi ochilib bir ayol hayqira boshlabdi: “Qo‘ling singurlar, nega mening mushugimni uryapsanlar, senlarga nima yomonlik qiluvdi. Hayvon dushmanlari…”. Yigitlar holatni ayolga tushuntirmoqchi bo‘lishibdi. Qani endi bu ayol bularning gapini eshitsa. Masalani hal qilish uchun politsiyani yordamga chaqirishibdi.
Politsiya kelib, vaziyatni o‘rgangach, shunday debdi: “Agar yigitlar chindan ham mushukni urib yubo-rishgan bo‘lsa, mashinada eng kamida qon izi bo‘ladi. Bir tekshirib ko‘raylik”.
Shu maq-sadda mashina oldiga o‘tib qarashsa, ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, bamperga pachog‘i chiqqan bir mushuk yopishib yotardi.

3 ta izoh

  1. Gravatar

    Bu nima, mistik hikoyami?

  2. Gravatar

    (8371) 245-55-60 raqamiga telefon qiling.

  3. Gravatar

    Navoiy ATM haqida batafsil ma'lumot kerak edi.