QANAQA MUHANDISSAN?!

– Sen inshoot muhandisi eding-a?

– Ha.

– Mana shu bino qanchalarda qulab tushishi mumkin?

– Men qayerdan bilaman, uni sinaydigan usullar bor, texnika lozim.

– Sen o‘zi qanaqa muhandissan?

***

Yeni-yetme-ogrenci.jpg

– O‘qishni tugatgach, kim bo‘lasan?

– Kema muhandisi.

– Haaa, kema haydaysanmi?

– Yo‘q, kemani tozalaydigan farrosh bo‘laman.

***

– Sen qanday muhandis bo‘lasan?

– Inshoot muhandisi.

– Nima inshooti?

– …

***

Arxeologiya bo‘limida o‘qiydigan bola kompyuter muhandisligida o‘qiydigan o‘rtog‘idan so‘ramoqda?

– Sen kompyuter muhandisi bo‘lasanmi?

– Ha.

– Sizlarga hakerlik qilishni o‘rgatishadimi?

– Qanaqa odamsan o‘zi, sizlarda tarixiy asarlarni soxtalashtirish usullari degan dars bormi?

***

– Aka, sizning yo‘nalishingiz kompyuter edi-ya?

– Ha. 

– Qanday qilib, “Odnoklassniki”da bitta pochtaga ikkita profil ochsa bo‘ladi? Sizga o‘rgatishgandir.

– Ha, albatta, “Odnoklassniki” degan darsimiz bor, lekin men yaxshi o‘qimaganim uchun o‘rgana olmadim.

***

– Sen qanaqa muhandis bo‘lasan?

– Kompyuter.

– Kompyuter qanaqa ishlaydi o’zi?

– Ichida kichik elektrik zanjirlar bor, asosan, yarimo‘tkazgichlardan foydalaniladi, ishlash mantig‘i ikkilik sanoq sistemasiga asoslangan.

– Sal odam tushunadiganroq tilda tushuntirsang-chi?

– O‘ylab boshingni qotirma, tokka ulab, POWER tugmasini bos, o‘zi ishlab ketadi.

Davomi bor.

 

0 ta izoh

There are no comments