MANTIQ MAYDONI 5-2013

 

1. Oddiy arifmetika

8 ta ishchi bir devorni 10 soatda qurib bo‘lishsa, 4 ishchi xuddi shu devorni necha soatda qurib bo‘lishadi?

 

2.  Barchaga lozim narsa

Jonli mavjudot juda ko‘p narsaga ehtiyoj sezadi, chunki  tiriklik o‘ziga xos juda ko‘p narsalarni talab qiladi. Lekin dunyoda shunday bir narsa borki,  u barcha narsaga: jonli va jonsizlarga birdek lozim. Bu nima?

 

3. Sonlarni joylashtiring.

mant

1 dan 15 gacha bo’lgan sonlarni yuqoridagi doirachalarga shunday joylashtiringki, natijada yuqori doiradagi son  o‘z ostidagi ikki katakchadagi sonlar ayirmasi moduliga teng bo‘lsin.

 

4. Kim o‘ldirdi?

Bir ayolning jasadi topildi. Asosiy aybdor sifatida uning eri qo‘lga olinadi. Odam o‘z ayolini o‘ldirmaganini tergov jarayonida hech kimga isbotlay olmaydi. Shundan so‘ng  gumondor hech qaysi sudda yutqizmagan advokatni topib, o‘ziga yollabdi.  

Ish sudga oshib, sud kuni kelgach, advokat shunday yo‘l tutibdi: “Hozir men 3 gacha sanayman, 3 deganimda eshikdan siz o’ldi deb aytayotgan ayolning o’zi kirib keladi”,-debdi va sanay boshlabdi: “1, 2, 3” 

Eshikdan hech kim kirmabdi. Shunda advokat sudyaga shunday debdi: “O‘rtoq sudya, siz ham ayolning o‘lganiga ishonmadingiz va mening gapimdan so‘ng eshikka qaradingiz”.

“To‘g‘ri aytasiz”, -debdi sudya va ayblanuvchini jinoyatchi sifatida jazolashga qaror qilibdi. 

Sudya nimaga asoslanib ayblanuvchini jinoyatchiga aylantirdi?

 

6. Rasmdagi xatolikni toping.

ftf8.jpg

 

 

O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasining javoblari

1. 6x6=36 36+1=37 5+4+1=10

10x2=20 37x20=740 740+3=743 

2. Odam o‘zini o‘ldirgandan so‘ng audiokassetani orqaga qaytarib qo‘ya olmaydi. Politsiya xodimlari magnitofonni yoqishlari bilan odamning ovozi eshitilgan.

3. 3

4. Savolni o‘qigan odamning ismi.

5. Mashina noto‘g‘ri tarafga to‘xtagan. Ya’ni haydovchining eshigi yo‘l cheti tarafga ochilishi lozim.

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments