MANTIQ MAYDONI 4/2013

1. 743 soni

1; 1;2; 3; 4; 5; 6; 6 sonlarining har biridan bir martadan foydalanib 743 sonini hosil qiling. Bu sonni hosil qilishda faqatgina ko‘paytirish va qo‘shish amallaridan foydalanish mumkin va berilgan sonlarning har biri qatnashishi shart.

 

2. Qotillik 

G‘arb o‘lkalaridan birida mashhur bankirlardan biri o‘z xonasida o‘lik holda topildi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xonaga kirganida deraza pardalari yopilgan, xona qorong‘u, o‘likning oldida audio magnitofon va stol lampasi yoniq holda turar edi. O‘likning qo‘lida pistolet.  

Politsiya xodimlari bu voqeani o‘z joniga qasd qilish deya baholadilar. Ulardan biri audiomagnitofonni yoqqanida, undan bankirning ovozi eshitildi: “Men bunday hissiyotlar bilan yashay olmayman!”. Gap tugagach, magnitofondan pistoletning ovozi eshitildi. 

Politsiya xodimlari voqeani hali ham o‘z joniga qasd qilish deya baholarkan, o‘sha yerdagi detektivlar buning qotillik ekanini aytishdi. Izquvarlar bu fikrga kelishlarida nimaga asoslanishgan?

 

3. Kim tirik qoladi? 

100 kishilik o‘ziga xos duel tashkillashtirilgan. Duel ishtirokchilari doira shaklida turib olib, 1-raqamli odam o‘ng tarafidagi 2-raqamli odamni o‘ldirib, qurolni chap tarafdagi odamga beradi. U ham o‘ng tarafidagi odamni o‘ldirib, qurolni chap tarafdagi odamga beradi. Bu duel oxirida bir kishi qolgunga qadar davom etsa, eng oxirida nechanchi raqamli ishtirokchi tirik qoladi?

 

images.jpg

4. Avtobusdagi yo‘lovchilar 

Chikagoda avtobusning boshqaruviga o‘tirganingizda avtobusda 43 yo‘lovchi bor edi. Pitsburgda 7 yo‘lovchi avtobusdan tushib, 5 tasi qaytib chiqdi. Klayvlandga borganda esa 8 ta yo‘lovchi tushib qoldi, 6 tasi havo almashtirish maqsadida avtobusdan tushib yana qaytib chiqdi, undan tashqari 6 nafar yangi yo‘lovchi avtobusga chiqdi. Avtobus 20 soatdan so‘ng Filadelfiyaga yetib borganida haydovchining ismi nima bo‘ladi?

 

 

5. Rasmdagi xatolik 

Rasmda angliyalik odam ayoli uchun velosipedda harakatlanayotgan sotuvchidan gul sotib olayotgani tasvirlangan. Bu rasmda qanday mantiqiy xatolik mavjud?

find-fault-puzzle-card-car.jpg

O'tgan sonda chop etilgan mantiq maydoni sahifasining javoblari:

1. 10 soatda.

2. 10-zinada. Suv pasaysa, kema ham pastroqqa tushadi.
3. 73
4. D
5. Garmonik harakat. Ya’ni, tunnelning u boshidan bu boshiga borib kelib yuradi.
6. Tegirmonga kirish va parraklar bir tomonda. Bu holda parrak aylanib tursa, ichkariga kirib bo‘lmaydi.
 

 

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments