BA’ZI INSONLARNING HAYOTIDAGI OXIRGI SO‘ZLARI

– Otavering, men ushlab qolaman.

– Aka, bu avtomobilning to’xtatish qurilmasi ishlamaydi.

– Qo‘rqma, mashinamizda himoya yostig‘i mavjud.

– Demak, Piranya deganlari shunday narsa ekan-da. Qarang, Umar aka, men uning mo‘ylovini o‘ynayapman, hech narsa bo‘lmayapti.

– Bolam, meni yo‘lning narigi tarafiga o‘tkazib qo‘y!

– Ukam, bu go‘shtning ta’mi buzilganini sen ham sezdingmi?

– Jamshid aka, kutib turing, men bir marta kalla tashlab chiqaman.

– Elektrikning nima keragi bor, onasi. Hammasini o‘zim hal qilib tashlayman.

538159_551116088256395_528341935_n.jpg

– Oyni qara, oyni. Xuddi  “KAMAZ“ ning chirog‘iday yorug‘.

– Hech qo‘rqmanglar, men sinab ko‘rdim.

– Alimardon aka, suvning chuqurligi muhim emas. Qanday sakrashni bilsangiz bo‘ldi.

– Jon, bu yer Liverpool tribunasiga o‘xshamayapti.

– Va-ha-ha, mana bu suzib kelayotgan narsa itbaliqqa juda ham o‘xshar ekan.

– Qo‘riqchi, bu qafas yopiq emasmi?

– Onasi, gugurtni yoq-chi, bir ko‘raylik, oshxonadan nimaning hidi kelyapti ekan.

 

0 ta izoh

There are no comments