Q I Z I Q V O Q E A L A R

* 1964-yilda reklama kompaniyalaridan birining “Jonlaning, siz “Pepsi” quchog‘idasiz”  degan shiori tarjimonlarning xatoliklari sababli nemischaga “Mozoringizdan tiriklayin chiqing” bo‘lib, xitoychaga esa ““Pepsi” otalaringizni mozorlaridan chiqaradi” deya tarjima qilingan. 

* Arkanzasdagi qurilish ishchisi supermarketlardan biriga o‘g‘irlikka tushadi. Biroq  juda qisqa vaqt ichida qo‘lga olinadi. Buning sababi juda oddiy: o‘g‘irlik jarayonida boshiga kiyib olgan kaskasida uning ismi yozib qo‘yilgan edi.

* Floridadagi bir o‘g‘ri barmoq izlari sababli qo‘lga tushgach, hayron bo’libdi. Chunki u doim qo‘lida qo‘lqop bilan o‘g‘irlik qilardi. Biroq u kiyadigan qo‘lqop oddiy emas, balki golf o‘yinchilari kiyadigan yarmi ochiq qo‘lqop edi. 

* Mashhur ingliz advokati sudda bir firibgarni fosh qildi. Voqea mana bunday bo’lgan edi: firibgarning da’vosiga ko’ra uni avtobus urib yuborgan va u yaralanib, qo‘lini yelkasidan yuqori ko‘tara olmay qolgan. Advokat sud jarayonida jabrlanuvchidan qo‘lini oldin qanchalik yuqoriga ko‘tara olganini so‘raydi. Jabrdiyda firibgar esa qo‘li bilan boshining ustini ko‘rsatadi. Uning bu ahmoqligi advokat uchun ayni muddao bo’ldi.

* 1902-yilda “Gillete” firmasi ishonchli soqol oladigan ustara sota boshlagach, ko‘pchilik foydalanuvchilar bu ustaralar soqol 

2012-Karikatur-Resimleri-7 copy.jpg

olmayotganini ro‘kach qilib, ularni tashlab yuborishibdi.  “Gilette” xodimlari bu voqeani yaxshilab o‘rganib chiqqach, foydalanuvchilar ustaraning ustidagi himoya qoplamasini olib tashlamasdan soqol olayotganini aniqlashibdi.

* 1932-yilda Los-Anjelesda o‘tkazilgan olimpiadada fransuz sportchisi Jules Noelning disk otishda o‘rnatgan rekordi inobatga olinmadi. Chunki sportchi disk uloqtirayotganda musobaqa hakamlarining barchasi teskari o‘girilib tayoq yordamida sakrash musobaqasini ko‘rish bilan band edilar.

* Fransuz armiyasi askarlarning mina o’rnatilgan yerlarda yura olishlari uchun portlashga chidamli etiklar ijod qilishibdi. Biroq bu ixtiro faqat zarar keltirdi. Maxsus  etiklar nihoyatda og‘ir bo’lgani bois u bilan yurish juda qiyin edi. Askarlar to minali yerlarga borgunlariga qadar pistirmada turgan dushman askarlari ularni otib o‘ldirishar edi.

* 1985-yilda Nyu Orleandagi qutqaruvchi g‘avvoslar shu yili hech kim cho‘kib o‘lmaganini nishonlash maqsadida bazm uyushtirdilar. Bazmda g‘avvoslardan biri cho‘kib o‘ldi.

 

0 ta izoh

There are no comments