MANTIQ MAYDONI 3/2013

1. Yurish vaqti 

A va B orasidagi masofa 10 km. 1 kishi A dan B ga 10 soatda yurib borsa, 10 kishi B dan A ga necha soatda yetib boradi?

 

2. Dengiz sathi

Dengizning o‘rtasida kema turibdi va kemadan ipli narvon pastga tushirilgan. Bu narvonning 18 ta zinasi bor. Zinalar orasidagi masofa 15 sm  va dengiz sathi pastdan 10-zinada. Dengiz sathi har 5 daqiqada 3 sm pasaymoqda. 30 daqiqadan so‘ng  dengiz sathi nechanchi zinada bo‘ladi?

�ел�й_ко�абл�_в_океане.jpg

3. Kim tirik qoladi? 

100 kishilik o‘ziga xos duel tashkillashtirilgan. Ular aylana shaklida turib olib, 1-raqamli odam  2-raqamli kishini o‘ldirib, qurolni 3-raqamli odamga beradi. 3-odam 4-ni o‘ldirib, qurolni 5-raqamga uzatadi… Bu duel oxirida bir kishi qolgunga qadar davom etsa, eng oxirida nechanchi raqamli ishtirokchi tirik qoladi?

 

4. Kim?

Ahmadning o‘g‘li  mening o‘g‘limning otasi.

Yuqoridagi gapni gapirgan shaxs Ahmadga kim bo‘lishi mumkin?

A) buvasi B) otasi

C) Ahmadning o‘zi D) o‘g‘li

 

5. Tunnel  

Tasavvur qiling, Yer sharining u boshidan bu boshigacha tunnel qazildi. Bu tunnel orqali Yer sharining qarama-qarshi tomonlariga Yer markazidan o‘tiladi. Bu tunnelning bir uchidan tashlab yuborilgan jism qanday harakatlanadi? (Yadroda erib ketishini hisobga olmang. Erkin tushish tezlanishi hisobga olinadi)

 

6. Rasmdagi xatolikni toping.

Rasmda shamol tegirmoni tasvirlangan. Ushbu rasmdagi mantiqiy xatolikni toping.

online-windmill-puzzle.jpg

O'tgan sonda chop etilgan mantiq maydoni sahifasining javoblari:
1. C
2. 22
3. 15
4. Gapirib tushuntiradi.
5. 17 kunda
6. Otasi
7. 9
8. Telefon butkasidan telegramma jo‘natilmaydi.
 
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments