MANTIQ MAYDONI 2-2013

1. Quyidagilarning qaysi biri boshqalaridan farq qiladi?

A) gramm     B) tonna       C) litr    D) sentner

 

2. Doira shaklidagi stolda bir necha bola o‘tirib musobaqalashishmoqda. Agar stolda 6-raqamli bola 17-raqamli bolaning to‘g‘risiga o‘tirib qolgan bo‘lsa, bu stolda nechta bola o‘tiribdi?

humans-14.jpg

 

3. 3*6*8=10 bo‘lsa, 8*3*9=?

 

4. Soqov odam magazinga kirib, o‘ziga tish pastasi kerak ekanligini qo‘l ishoralari bilan ko‘rsatib aytdi. Do’kon egasi  uni tushunib, tish pastalarni berib yubordi. Shundan so‘ng magazinga ko‘r odam kirdi. U o‘ziga qora ko‘zoynak kerakligini qanday tushuntiradi?

 

5. Qurt balandligi 38 metr bo‘lgan ustunga ko‘tarilmoqda. U kunduz kuni 6 metr ko‘tarilib, tunda 4 metr pastga tushadi. Qurt ustunning uchiga necha kunda chiqa oladi?

 

6. Bir qiz rasm ko‘tarib ketayotgan edi. U qizdan rasmdagi kimligini so‘rashganda, u: “Bu odamning onasi mening onamning qaynanasi”,–deb javob beribdi. Rasmdagi kishi  qizga eng yaqin kim bo’ladi?

 

7. Fermerning 17 ta qo‘yi bor edi. Uning 9 ta qo‘yidan boshqa hammasi kasallikka chalinib o‘lib qoldi. Fermerning nechta qo‘yi qolgan?

 

8. Rasmdagi mantiqiy xatolikni toping.

Find The Fault No 20.jpg

O'tgan sonda chop etilgan mantiq maydoni sahifasining javoblari:

1. Havo isiganda suvdagi muzlardan tashqari, yer ustida o‘rnashib qolgan muzlar ham eriydi. Shular hisobiga suv sathi ko‘tariladi.

2. Bo‘shata olmaydi, undan ko‘ra kalitning uzunroq bo‘lishi foydali.

3. “Meni qaysi biringiz xunukroq bo‘lsangiz, o‘shaningiz o‘ldiring”-deydi. Ikki qiz ham xunuklikni qabul qila olmagani sababli  odam o‘lmay qolib ketadi.

4. O‘lgan akasi. Akasi o‘lganida ukasi tug‘ilmagan bo‘ladi va uning qaydnomasi yopiladi. Ukasini qaydnomaga kiritgan odam u tug‘ilishidan vafot etgan akasini inobatga oladi.

5. g

6. Yuqoriga ko‘tarilishdan oldin tezlik pasaytirilmaydi, aksincha, orttiriladi.

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments