UNIVERSITET HAYOTIDAN

BO‘R  YO‘Q 

Oliy matematika o‘qituvchisi katta auditoriyada berilib dars o‘tmoqda. Butun diqqati darsga qaratilgan. Bir qarasa, qo‘lidagi bo‘r juda kam qolgan ekan. Uyqusirab turgan bir talabaga: “Bor, qo‘shni xonalardan so‘rab bitta bo‘r olib kelgin”, - deb buyuribdi. Uyqusiragan bola eshikdan chiqib, auditoriyaning boshqa eshigidan kiribdi-da: “Bizning o‘qituvchimiz sizdan bo‘r so‘rayaptilar”,-debdi. O‘qituvchining butun diqqati darsda: “Men biroz oldin bir o‘quvchimni bo‘rga chiqarib yuborgandim. Afsus, bizda ham bo‘r qolmadi”

O‘quvchi uzr so‘rab bu eshikdan chiqib, yana birinchi eshikdan qaytib kiribdi. “Domla, u yerda bo‘r yo‘q ekan” desa, o‘qituvchisi ham: “Bo‘ldi, o‘tir, ular ham bizdan bo‘r so‘rab chiqib ketishdi”,-debdi.

 

MASOFAVIY  TA’LIM 

O‘qituvchi auditoriyada dars o‘tayotib, qarasa, bitta partada ovoz yozib oladigan jihoz turibdi, ammo o‘quvchining o‘zi yo‘q. O‘qituvchi biron ishi chiqib qolgandir, bo‘lmasa kelardi deb mavzuni tushuntirib beribdi. Keyingi darsda ovoz yozib oladigan jihozlar soni 4-5 taga ortib qolibdi. Ovoz yozadigan apparatlar soni har darsda ortib borardi… 

Bir kuni o‘qituvchi darsga kirsa, sinf shunday apparatlar bilan to‘la, lekin bironta ham o‘quvchi yo‘q. O‘qituvchi juda asabiylashsa-da, ovoz yozadigan apparatlarga dars o‘tibdi. Oradan bir hafta o‘tib o‘quvchilardan biri darsga borgisi kelib qolibdi. Auditoriyaga kirib, qarasa, hamma joyda ovoz yozadigan apparat…, o‘qituvchining stolida esa audiomagnitofon darsni tushuntirayotgan edi.

 

FALSAFA  IMTIHONI 

Falsafa o‘qituvchisi imtihonda “Tavakkalchilik nima?” degan savolni so‘rabdi. Barcha talabalar qog‘ozni to‘ldirib nimalarnidir yozishibdi. Lekin talabalardan biri sinov boshlanishi bilanoq qog‘ozni topshirgan bo‘lsa-da, hammadan yuqori ball olgan edi. Uning qog‘ozida ism va familiya yozilgan bo‘lib, bo‘sh qog‘ozning pastki qismi “Mana shu tavakkalchilik bo‘ladi” degan qayd bor edi.  

Keyingi imtihonda o‘qituvchi yana shu savolni so‘ragan ekan, boshqa talabalar bo‘sh qog‘oz topshirishibdi. Lekin o‘qituvchi bu safar ularga past ball qo‘yib, shunday javob bergan ekan: “Bir xil shartlar ostida ikkinchi marta bir xil tavakkal qilish - ahmoqlikdir”

.101.jpg

 

0 ta izoh

There are no comments