MANTIQ MAYDONI 1/2013

1. Muz erisa

Bizga fizika kursidan ma’lumki, suvda suzayotgan muz erisa, suv sathi o‘zgarmaydi. Qutblarda okeanlar uzra muz tog‘lari (aysberglar) suzib yuradi. Olimlar kelajakda havo haroratining  40o daraja ortishi natijasida dengizdagi suv sathining 50 sm ko‘tarilishi haqida bashorat qilmoqdalar. Savol: modomiki, suvdagi muz eriganda suv sathi ortmas ekan, nega dengiz sathi shunchalik ko‘tariladi?

 

2. Boltni bo‘shatish

adszeas.jpg

Usta kalitni burashga qanchalik urinmasin, boltlar zanglab ketgani sababli uni joyidan qimirlata olmas edi. Birdan unda kalitga arqon bog‘lab tortish fikri tug‘ildi. Usta, rasmda ko‘rsatilganidek, arqonni bog‘lab tortsa, o‘sha kuch bilan boltni bo‘shata oladimi? 

 

3. O‘limdan qutulish

Bir orolda go‘zallikda tengsiz ikki qiz yashar ekan. Ularning rashklari juda ham kuchli bo‘lgani sababli, orolda o‘zlaridan boshqa hammani o‘ldirishar edi. Kunlarning birida halokatga uchragan samolyotdan jon saqlab qolgan sayyoh shu orolga kelib qolibdi. Albatta, oroldagi begona odam qizlarning e’tiboridan chetda qolmabdi. O‘ldirish taomiliga ko‘ra, o‘lim oldidan oxirgi tilak so‘raladi. Sayyoh bu ikki qizga shunday bir narsa aytibdiki, natijada o‘limdan qutulib qolibdi. Bu odam qizlarga nima degan?

 

4. Ukasi yo‘qmi? 

Bir qishloq aholisining qaydlari o‘rganilmoqda. A odamning qaydiga qaralganida, bu odamning vafot etgan jigari (akasi yoki ukasi) borligi yozilgan. Vafot etgan jigarning qaydlari o‘rganilganda esa uning akasi yoki ukasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Ikkala qaydnomada ham to‘g‘ri ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, bu holatni qanday izohlash mumkin?

 

5. Quyidagi fikrlardan qaysi biri to‘g‘ri?

a) quyidagilarning barchasi to‘g‘ri

b) barcha fikrlar noto‘g‘ri

c) h fikr to‘g‘ri

d) b fikr to‘g‘ri

e) quyidagi fikrlarning hammasi to‘g‘ri

f) yuqoridagilarning barcha to‘g‘ri

g) h javob noto‘g‘ri

h) yuqoridagilarning barchasi noto‘g‘ri

 

6.  Rasmdagi xatolikni toping.

Quyida Buyuk Britaniya yo‘llarida harakatlanayotgan mashina ko‘rsatilgan. Bu rasmda qanday mantiqiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

Find The Fault No 44.jpg

O'tgan sonda e'lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

 

1. Chunki u odam o‘lgan bo‘ladi.
2. 30-fevral sanasi mavjud emas.
3. Ikkisining massasi teng.
4. 3 daqiqa
5. “Sherigingdan bu eshiklardan qaysi biri xazina eshigi deb so‘rasam, u qaysinisini ko‘rsatardi?”-deb so‘raydi. U ko‘rsatgan eshikka emas, narigisiga kiradi.
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments