KULGILI VA ACHINARLI

1. Bir qishloqda to‘y paytida ellik kishi balkonga chiqishadi.  Shuncha kishini ko‘tara olmagan balkon qulab tushadi va 50 kishi hayot bilan vidolashadi.

2. Hip-hop guruhlaridan biri ochiq havoda sayrga chiqishadi. Shamolda sochlari uchib, havoda o‘ynaydi. Bundan xursand bo‘lgan hip-hopchilar rasmga tushishadi. Lekin, bilamizki,  sochlar o‘zidan o‘zi ko‘tarilmaydi, balki zaryadlanganidan ko‘tariladi. Shu payt bir chaqmoq chaqadi va hip-hopchilar o‘sha yerning o’zida ko’z yumadilar.  

3. Elektr ustuniga suyanib, oyoq kiyimining ostiga kirib qolgan toshni chiqarish uchun silkinayotgan odamni ko‘rgan boshqa bir odam uni tok uryapti deb o‘ylaydi va tok oqimidan qutqarish maqsadida uni kurak bilan boshiga urib o‘ldirib qo’yadi.

4. Bir  odamning tomog‘iga pashsha kirib ketib qoladi. U pashshani o‘ldirish maqsadida tomog‘iga “ Sheltox”  nomli pashsha dorini sepadi va pashsha bilan birga o’zi ham …

5. Kema muhandisi sayohatdan oldin nazorat uchun bug‘ qozoniga kirganida kema xodimlaridan biri bug‘ qozonining qopqog‘ini yopib qo‘yadi. Kema yo‘lga chiqqanida ichkarida qolib ketgan muhandis hayotdan ko‘z yumadi.

6. Ota va o’g’il bir korxonada ishlashadi. Ulardan biri kunduzgi, biri kechki smenada xizmat qiladi. Bir kuni kechki payt ota uyga qaytayotgan va o’g’il ishga ketayotgan, ularning ikkalasi ham mototsikl minib olishgan edi. Qarama-qarshi tomondan mototsiklda kelayotgan ota va o’g’il bir-birini ko’rib qolishadi. Xavfli burilishda salomlashmoqchi bo‘lishadi va bir-birlariga urilib, halok bo’lishadi.

7. Terrorchilardan biri professorga qasd qilib unga bombali maktub yubormoqchi bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, professor maktubni ochganida portlab o‘lishi kerak edi. Lekin terrorist maktubga marka yopishtirmagani sababli maktub uning o‘ziga qaytib keladi va uni ochib o’zi portlab ketadi.

8. Po’lat va temir ashyolar ishlab chiqaradigan fabrikada 600 tonnalik press (ezuvchi) mashinasining tagidan emaklab o‘tib 2450oC  o‘choqda sigeretini ilashtirayotgan ishchi o‘sha yerda jon beradi. 

9. Sartaroshxonada soch oldirayotgan mijoz sartaroshga yengillik tug‘dirish maqsadida bo‘ynini o‘ng va chapga burib, bo‘yni sinib qoladi va sartarosh kursisida rahmatlik bo‘lib ketadi.

10. Taxta kuyasini o‘ldirish maqsadida yotoq mebelini dorilashadi. Oqibatda o‘sha yerda uxlab qolgan odamning o‘zi ham zaharlanib o‘ladi. 

11. Nyu York ko‘chalaridan birida bir odamni mashina yengilgina turtib yuboradi. Jabrlanuvchiga hech narsa bo’lmaydi. Haydovchi bilan kelishib endi turib ketmoqchi bo‘lganida voqeani kuzatib turgan boshqa bir kishi: “O’rningdan turma, biroz yotib tur, sug‘urtadan pul undirib olishing mumkin”, - deb maslahat beradi. Bu gapni eshitgan jabrlanuvchi yana qaytadan mashina yo‘liga yotib oladi. Uni turib ketgan deb o‘ylagan haydovchi mashinasini yurg‘izadi va o’zi bilmagan holda haligi odamni  bosib o‘tib ketadi. Sug’urtadan pul undirishni maqsad qilgan jabrlanuvchi o‘sha yerning o‘zida jon beradi.

12. Amerikadagi xiyobon qo‘riqchilaridan birini 1942-1976-yillar orasida 7 marta chaqmoq uradi. Lekin hammasidan omonlik bilan qutulib qolgan qo‘riqchi o‘z joniga qasd qiladi.

13. Gretsiyada o‘rmon yonib ketganida o‘t o‘chiruvchilar dengizdan suv olib o‘rmonni o‘chirishibdi. O‘chirilgan o‘rmonni nazorat qilish uchun kirganlar akvalang kiyimida yonib ketgan odamni topishadi. Voqea yaxshilab o‘rganib chiqilgach, ma’lum bo’ladiki, yong‘in o‘chiruvchi samolyot dengizdan suv olayotganida bu g‘avvosni ham qo‘shib tortib olgan va yonayotgan o‘rmonga tashlab yuborgan ekan.

 

0 ta izoh

There are no comments