Kompyuter sotuvchilariga mushtariy shikoyatlari:

1. “Compaq” firmasi “Press Any Key” (“Ixtiyoriy tugmani bosing”) buyrug‘ini “Press Enter Key” (Enter tugmasini bosing) buyrug‘iga almashtirmoqchi ekan. Ko‘plab mijozlarning “Any key” (ixtiyoriy tugma) tugmasini topa olmayotganliklaridan shikoyat qilishlari bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.

2. Mijozlardan biri quyidagicha shikoyat bilan kelibdi: “Men sichqonchadan foydalanayotganimda qiyinchilikka duch kelyapman. Undagi changdan himoya qiluvchi moslama sichqonchadan foydalanishimni qiyinlashtirmoqda”. Keyin ma’lum bo‘lishicha, mijoz “changdan himoya qiluvchi moslama” deganda sichqoncha yangiligida solib qo‘yiladigan sellofan jildni nazarda tutgan ekan.

3. “Disklarda xatolik bor”, - deya shikoyat qilgan mushtariyga disklarni sotuvchiga yuborish maslahat berilibdi. Mijoz maktub jo‘natibdi. Maktubdan disklarning kserokopiyasi chiqibdi.

4. “Dell” shirkatining bir mijozi faks jo‘nata olmayotganidan shikoyat qilibdi. 40 daqiqalik telefon suhbatidan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, haligi odam qog‘ozni monitor ustiga qo‘yib, “jo‘nat” tugmasini bosayotgan ekan.  

5. “IBM” firmasi mijozlaridan biri hujjatni printerdan chiqara olmayotganini e’lon qilibdi. “Kompyuter printerni ko‘ryaptimi” degan savolga shunday javob olinibdi: “Ekranni printerga qaratib burab qo‘ydim, lekin haliyam ko‘rmayapti”.

246560_419812491416405_1792302238_n.jpg

6. “Yangi olgan kompyuterim ishlamayapti”, - deya “Dell” firmasiga shikoyat qilibdi bir ayol, - “Oyoq pedalini bosyapman, mashinada hech qanday ovoz yo‘q”. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, oyoq pedali sichqoncha ekan.

7. Novel Netwarening mashhur hikoyasi:

Netware: Marhamat, sistema operatori sizni eshitadi.

Mijoz: Kompyuterning kofe tashuvchisi sinib qoldi. Kafolatni siz ta’minlaysizmi?

Netware: Kofe tashuvchisimi?

Mijoz: Ha, kompyuterning old tarafidagi!

Netware: Uzr, sizni tushuna olmayapman. Kofe tashuvchini qayerdan oldingiz. Aksiyami bu? Kofe tashuvchining bironta belgisi bormi?

Mijoz: Kompyuterim bilan birga keldi. Aksiyami yoki yo‘qmi - bilmayman, lekin old tarafida 24x yozilgan.  (CDROM-disk o‘qiydiganlarda tezlikni ifodalash uchun 24x, 48x belgilari qo‘yiladi)

8. “IBM” mijozi shikoyat qilyapti: 

 - Bir diskni tiqdim, ikkinchisini qiyinchilik bilan bo‘lsa-da amalladim, lekin uchinchisi hech ichkariga kirmayapti.

 

0 ta izoh

There are no comments