HAQIQIY BIZNES

Ota o’g’lining yoniga kelibdi.

Ota: O‘g‘lim, sen men aytgan qizga uylanishing kerak!

O‘g‘il: Yo‘q, dada. Uylanmayman.

Ota: Qiz kimligini bilasanmi o‘zi? Bill Geytsning qizi-ya!

O‘g‘il: Unday bo‘lsa, uylanganim bo‘lsin.

Ota Bill Geytsning yoniga boribdi.

Ota: Qizingni o‘g‘limga olib bermoqchiman.

Bill Geyts: Yo‘q, bermayman.

Ota: O‘g‘lim kimligini bilasanmi o‘zi? Xalqaro bankda bo‘lim boshlig‘i.

Bill Geyts: Unday bo‘lsa, berganim bo‘lsin.

Shundan so‘ng ota Xalqaro bankning boshlig‘i huzuriga boribdi.

Ota: Sen mening o‘g‘limni bankingda bo‘lim boshlig‘i sifatida ishga ol.

Boshliq: Yo‘q, olmayman. 

Ota: O‘g‘lim kimligini bilasanmi o‘zi? Bill Geytsning kuyovi-ya!

Boshliq: Ha, mayli, kelaqolsin.

 

0 ta izoh

There are no comments