E - MAIL

Bir odam “Maykrosoft” shirkatiga ish izlab boribdi. U odamni suhbatdan so‘ng hojatxona farroshi sifatida ishga qabul qilishibdi. Faqat u kishiga qachondan boshlab ish boshlashi mumkinligini e-mail orqali bildirishlarini aytishibdi. Odam kompyuteri yo‘qligini , shu sababli e-mail ishlatmasligini aytgach, uni ishga qabul qila olmasliklarini bildirishibdi.  

Shundan so‘ng o‘sha odam nima qilarini bilmay ko‘chaga chiqibdi. Cho‘ntagidagi 10 dollarga 20 kg gilos olib, uylarni aylanib, o‘sha giloslarni sotibdi. 2 soatda bor sarmoyasi 2 marta ortibdi. Shu yo‘l orqali kundalik ehtiyojlarini qondira olishini tushunib yetgan qahramonimiz har kuni tongda uyqudan vaqtli uyg‘onib, shu ish bilan shug‘ullana boshlabdi.  

Har kuni sarmoyasi ortib borib, oradan bir yil o‘tgach, kichik bir yuk mashinasi sotib olibdi. Bir-ikki yildan so‘nga katta yuk mashinasi va kichik mashinalar olibdi. Shu shaklda yillar o‘tibdi.

10 yildan so‘ng …  

Mana, o’sha odam hozirda eng katta ta’minot firmalaridan birining boshlig‘i. Qo‘lida yuzlab ishchilari mehnat qiladi. 

Kunlarning birida u oilasini sug‘urta qildirish uchun sug‘urta kompaniyalaridan biriga boribdi. Sug‘urta kompaniyasi bu odam bilan bog‘lanish uchun e-mail adresini so‘rabdi. U esa e-maili yo‘qligini aytgach, oralarida shunday suhbat bo‘lib o‘tibdi: 

– Juda qiziq, e-mailingiz yo‘q bo‘la turib shunday holdingni boshqarib yuribsiz. Hali e-mailingiz bo‘lganda qanday ishlarni uddalay olardingiz, tasavvur qilyapsizmi?

– Bilaman, e-mailim bo‘lganida hozir “Maykrosoft”da hojatxona tozalayotgan bo‘lardim.

 

0 ta izoh

There are no comments