X A N D A L A R 20-2012

Tanaffus

Jinnilarni olib ketayotgan samolyotda uchuvchilardan biri ham jinniroq ekan. Birdaniga samolyotda shovqin-suron boshlanib ketibdi. Shunda sog‘ uchuvchi jinni uchuvchiga ularni tinchlantirishni buyuribdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, salon tinchib, ikkinchi pilot qaytib kiribdi. Shunda birinchi pilot undan salonni qanday tinchlantirganini so‘rabdi. Ikkinchi pilot shunday javob beribdi:

– Men o‘qituvchi bo‘ldim, ular o‘quvchi. Keyin samolyotning  avariya qo‘ng‘irog‘ini bosgan edim, hammalari tanaffusga chiqib ketishdi.

***

Ahmoqmanmi?

Bir kuni jinnilardan biri aravani teskari tarafidan surib haydashga harakat qilayotgan ekan. Buni ko‘rgan do‘xtir unga shunday debdi:

– Aravani teskari ushlab olibsan, to‘g‘rilab olsang-chi?

– Kecha men sen aytganday surdim. Menga kun bo‘yi qum tashitishdi. Nega men ularning qumini tashib berishim kerak? Yo men ahmoqqa o‘xshaymanmi?

***

Aralashtir

Bir jinni hovuzga bir qoshiq shakar tashlabdi-da, bir qoshiq olib ichib ko‘ribdi va  yuzini bujmaytirib: “Shirin bo‘mabdi-ku”,–debdi.  Shunda yonida o‘tirgan o‘rtog‘i: “Jinni, aralashtirmasdan ichding-ku”-debdi.

***

Jinni-da

Bir kuni bir jinni daraxtning tepasida, ikkinchisi esa daraxt ostida bir nimalar bilan band edi. Jinnixona do‘xtiri kelib, pastdagi jinnidan so‘rabdi:

– Yuqoridagi jinni nima qilyapti?

 – Umi? E’tibor bermang. Jinni-da, yong‘oq daraxtiga chiqib olib olma teryapti.

– Unda, sen nima qilyapsan?

– Men to‘kilgan olmalarni terib turibman.

***

Ikki martada

Jinnixonaga yangi ishga kelgan do‘xtir qarasa, jinnilar uzun koridorda navbatga turib, eshikdagi kichkina teshikdan qarayotgan ekanlar. Do‘xtir ularga qiziqib eshik oldiga kelgan ekan, jinnilar: “Navbatga tur, biz ham ertalabdan beri kutib turibmiz”,-deb orqaga o‘tkazib yuborishibdi. 

Do’xtir navbatda 15-20 daqiqa turib, amallab eshikka yetib kelgach, ichkarida hech narsa ko‘rmabdi. Ichkariga qarab tursa, navbatda turgan jinnilar: “Tezroq bo‘l, biz ham kutib turibmiz”,-deb uni teshik oldidan surib yuborishibdi. Qiziquvchan do‘xtir qaytadan navbatga turib, yana teshikdan qarasa, hech narsa ko‘rinmabdi. Oxiri jinnilarga murojaat qilibdi:

– Men bu teshikdan ikki marta qaradim, lekin hech narsa ko‘rmadim. Siz bu yerda nimani tomosha qilyapsizlar?

– Ikki marta, xolosmi. Biz bir necha yildan beri qarab hech narsa ko‘ra olmaymiz-ku, sen ikki martada hammasini ko‘rmoqchimisan?

 

 

0 ta izoh

There are no comments