OTA VA BOLA ORASIDA PUL MUOMALASI

– Dada, pul bering.

– Yana qanaqa pul?

– Qanaqaligining unchalik farqi yo‘q: o‘zbek so‘mi, amerika dollari, rus rubli,…

***

– Dadajon, pul bering.

– Qancha, o‘g‘lim?

– O‘n ming so‘m yetadi.

– Hozir, o‘g‘lim, pulim kostumimning cho‘ntagida, kostumim qoziqda turibdi. Hozir borib olib kelaman.

– Obbo, bir xaftadan beri shu ahvol, shunday deb sekingina qochvoradilar.

***

– Dada, pul bering.

– Qanaqa pul, men sening yoshingda ekanligimda kun bo‘yi itday ishlab pul topardim, to‘rt jonni boqardim. Shunday ish kunlarining birida …

– Eh, qayerdanam pul so‘radim. Hozir 1 soat-u 20 minut leksiya eshitishga majbur bo‘laman, televizordagi eng zo‘r o‘yinni ko‘ra olmaydigan bo‘ldim.

***

– Dada, pul bering. 

– Nima qilasan pulni?

– Sizning tug‘ilgan kuningizga sovg‘a olaman.

– Qanaqa odamsan o‘zi, bir yilda 365 kun tug‘ilgan kun nishonlaysanmi?

***

 

– Dadajon, bugun qanday atir ishlatdingiz: xuddi mushki anbarday hid taratyapsiz.

– 40 yildan beri ishlatadigan atirim, endi sezdingmi?

– Dadajon, bugun biram ochilib ketibsiz, bu kimning dadasi o‘zi?

– Tushunarli qizim, gapni ko‘paytirmay, nima kerakligini aytaqol.

– Sizning salomatligingiz, yana ozgina pul.

– Pulni nima qilasan, axir kechagina berdim-ku!?.

– Dadajooon, kecha nima bo‘lganini bilmaysiz-da, keling, aytib beray…

– Bo‘ldi qil, qizim, qancha pul so’rasang beraman, ovozingni o‘chirsang bo‘ldi…

 

0 ta izoh

There are no comments