Xandalar 15-2012

300 ta non

Novvoyxonada:

– Menga 299 ta non bering.

– Shuni  300 ta qilib olsangiz,  bo‘lmaydimi?

– Qo‘ysangiz-chi,  shuncha nonni kim yeydi?

***

O‘g‘ri bolasi

Dunyodagi eng mashhur o‘g‘ri erkak bilan  eng mashhur o’g’ri  ayol turmush qurishibdi. Oradan bir yil o‘tgach, farzandli bo‘lishibdi. Faqat  bola qo‘lini qattiq yopib olgan edi. Qo’lini ochib qarashsa, bolaning qo‘lida doyaning uzugi turar edi.

***

Zo‘r  tashkillashtirilgan.

Ikki yigit yo‘lda ketayotganida  ulardan biri ehtiyotsizlik qilib qo‘lini kesib olibdi. Shunda eng yaqin meditsina maskaniga boribdi. Kirib qarasa, “Kasalliklar va Yaralar” degan yozuvni ko‘ribdi. Yaralar bo‘limiga kiribdi. U yerda “Suyak va Go‘sht” degan yozuvlarni ko‘ribdi. “Go‘sht” bo‘limiga kiribdi. U yerda “Og‘ir va Yengil” degan bo‘limlarni ko‘ribdi. “Yengil” bo‘limiga kirgan ekan, qarasa, ko‘chaga chiqib qolibdi. 

 Sherigi yugurib kelib, undan:  “Senga yaxshi qarashdimi?”-deb so‘raganida, u: “Yo‘q, lekin sistema zo‘r tashkillashtirilgan ekan”, – deb javob beribdi.

***

Noto‘g‘ri raqam

– Allo, eshitaman.

– Kechirasiz, menimcha, noto‘g‘ri raqam teribman, shekilli?

– Aqlsiz, e’tibor berib raqam tersang, bo‘lmaydimi?

– O‘zing aqlsizsan. Miyang qushnikiga o‘xshaydi.

– Sen o‘zi kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi? Men  243-maktabning direktoriman.

– Sen o‘zing kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi?

– Yo‘q.

– Ohh, xudoga shukur!..

***

Chuqur

Bir qishloqda chuqur bor ekan. Shu chuqurga yiqilgan hamma yaralanar ekan. Bir kuni uch o‘rtoq chuqur yoniga kelib, bu masalada maslahatlasha boshlashibdi:

– Chuqurning yoniga tez yordam mashinasi qo‘yish kerak. Yiqilgan odamni yuklaydi-da, tezgina kasalxonaga yetkazadi.

– Undan ko‘ra,  chuqurning yoniga kasalxona qurish kerak. Yiqilgan bemor tezgina yetib oladi.

– Hech biringizning aqlingiz yo‘q, undan ko‘ra,  bu chuqurni ko‘mib, kasalxona yonidan boshqa chuqur qazish kerak.

 

0 ta izoh

There are no comments