XANDALAR 14-2012

O‘chiraman

Otasi o‘g‘lining maktabda nima o‘rganganini bilish uchun daftarini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘libdi. Qarasa, daftarida hech narsa yo‘q, top-toza turar edi. Shunda  o‘g‘lidan so‘radi:

– Darsda daftarga hech narsa yozmaysizlarmi?

– Yozamiz.

– Qani yozganing?

– O‘qituvchi yozganda yozaman, o‘chirganda o‘chiraman.

***

Ko‘zlarim yaxshi ko‘rmaydi

Ko‘z  shifokori : 

-Shu qog‘ozda yozilgan yozuvlarni o‘qing.

Bemor: 

-Siz menga o‘qib bera qoling, mening  ko‘zlarim yaxshi ko‘rmaydi.

***

Qasos

– Hasan, kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni hech o‘ylab ko‘rganmisan?

– Agar siz o‘quvchi bo‘lsangiz, bo‘laman.

***

Statistik

Uch statistik ovga chiqishibdi. Qarshilaridan bir kiyik chiqib qolibdi. Birinchi statistik kiyikka qarab o‘q uzgan edi, kiyikning chap tomonidan 5 metr uzoqlikda o‘tib ketibdi. Ikkinchi statistik o‘q uzgan ekan, kiyikning o‘ng tomonidan 5 metr uzoqlikda o‘tib ketibdi. Shunda uchinchi statistik xursandchilik bilan: “Nishonga oldik”,-deya hayqira boshlabdi.

***

Qayerdan bilaman?

Jinnixonada bosh shifokor  kasallarni kuzatish uchun aylanib yurgan ekan. Qarasa,  bir jinni nimadir yozib o‘tirgan ekan. Shunda bosh shifokor  undan so‘rabdi:

– Nima qilyapsan?

– Maktub yozyapman.

– Kimga?

– O‘zimga.

– Xatda nima yozilgan?

– Jinnimisiz,  doktor, men hali maktubni olganim yo‘q- ku. Nimi yozilganini  qayerdan bilaman?

***

Ikkiyuzlamachi

O‘qituvchi: 

-Qanday insonlarni  ikkiyuzlamachi  deyishadi?

O‘quvchi:

- Maktabga kulib kelgan o‘quvchilarni.

 

0 ta izoh

There are no comments