XANDALAR 13-2012

Advokat kerak

-Allo! Allo! Qo‘lni sindirib oldim.

-Siz adashdingiz, men yuridik fanlari doktori- advokatman. Sizga shifokor kerak. 

- Adashganim yo‘q. Men o‘zimning emas, birovning qo‘lini sindirib qo‘ydim.

***

Joy bormikan?

Bir ko‘zi yasama bo‘lgan odam avtobusning tiqilinchligidan juda siqilib ketibdi. Shunda yasama ko‘zini olib, u yoq-bu yoqqa qimirlatibdi. Atrofda o‘tirganlar dahshatga tushib: “Nima bo‘ldi”,-deb so‘rashganida, u odam xotirjamlik bilan: “Hech narsa, o‘ng tarafda joy bormikan, deb qarayotgan edim”,-deya javob beribdi.

***

Hamyon

Bir odam ko‘pchilik to‘planib turgan joyga kelib, ichida 1 million so‘m puli bo‘lgan hamyonini yo‘qotganini, agar kimdir uni topib kelsa, unga yuz ming so‘m berishini aytib jar sola boshlabdi. Shunda o‘sha yerdagi odamlardan biri debdi: “Kim menga o‘sha karmonni olib kelsa, men unga 250 ming so‘m beraman”!

***

Qo‘shiq kuyladik.

Uch kar – soqov odam ko‘rishib qolishibdi. Ulardan biri qolgan ikkitasidan o‘ziga xos ishoralar bilan so‘rabdi: 

-Namuncha horg‘in ko‘rinasizlar?

 Shunda ular javob berishibdi: 

-Kecha tuni bilan qo‘shiq aytib dam oldik. Faqat hamma qo‘shiqni qo‘limizda ishora qilib aytganimiz uchun charchab qoldik.

***

Yangicha uslub

Ko‘chada bir yigit:

– Yaxshi qiz,  telefoningizni berib turasizmi? -deb so‘rabdi  bir qizdan.

– Nima bu  romantik tanishuvmi, - debdi qiz. 

– Yo‘q, -debdi yigit- bu o‘g‘irlikning yangi turi…

***

Dorixonada

– Menga pashsha dorisini bera olasizmi?

– Kechirasiz, pashshangizning qayeri og‘riyapti?

***

Tonggi badantarbiya

– Siz ham ertalab yugurib turasizmi?

– Ha, ba’zan ishga kech qolayotganimda avtobusga qarab  yuguraman... 

 

0 ta izoh

There are no comments