AYRIM TILSHUNOSLIK TERMINLARI IZOHI

Tavtologiya – turli uslubiy maqsadlarda ayni yoki unga asosdosh boshqa so‘zni takrorlash:

 Ko‘m-ko‘k, ko‘m-ko‘k, ko‘m-ko‘k... (H. O.) Uzun-uzun arg‘amchi yerda yotsa, maylimi. (H. H.) So‘z so‘zladim or uchun…

Parallellik (bir xillik) - bir xil shakldagi gaplarni takrorlash: Shabnam tomar, o‘rmon shuvullar, bulbullar sayrar. (M. Jalil)

 Ellipsiya - gap bo‘laklarini tushirish: Ot kishnashib topishar, odam eslashib. (Maqol) Obro‘ kelsa, misqollab kelar, obro‘ ketsa qadoqlab. (Maqol)

„Shaxsiy“ ijod so‘zlari –  ayrim shaxslar nutqida faol qo‘llanuvchi, asosan, salbiy xarakterga ega so‘zlar: kampir, boboy, errayim, xumpar, takasaltang.

Fikriy mundarija – gapning grammatik asosida ifodalangan, undagi fe’l kesimning mayl va zamon ma'nolari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’nosi. Masalan, Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo‘layotganidan darak bersa, Bolalar ishladi. Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o‘tgan zamonda bo‘lganidan darak beradi. Siz dalaga borasizmi? Sen hikoyani o‘qidingmi? gaplari o‘tgan zamonda bo‘lgan ish-harakat haqida so‘roqni bildiradi.

Subyektiv baho – so‘zlovchining shaxs yoki voqelikka munosabati: Tosh uning basharasiga tegdi.

Artikulatsiya — tovushlarning paydo bo‘lishidagi nutq a'zolarining holati va harakati.

Fonema — ma'no anglatishda ishtirok etgan nutqning eng kichik qismi (unsuri): qil, qol, qo‘l.

Metateza — yonma-yon kelgan tovushlarning o‘rin almashishi: Sayram Saryam, daryo — dayro, tuproq turpoq.

Transkripsiya — ilmiy-lingvistik tahlil uchun nutqiy talaffuzning aynan harfiy ifodasi: ь (i), u (yumshoq u), i: (cho‘ziq i).

Arxaik so‘zlar — eskirgan so‘zlar: ajun dunyo, aya kaft, ayag‘ laqab, ayru — yoki (Koshg 'ariy).

Etimologiya — so‘zning kelib chiqishini, tarixini o‘rganuvchi soha: qayrag‘och qayrilgan yog‘och.

Onomastika — nomlarni o‘rganuvchi soha.

Toponimika — joy nomlarini o‘rganuvchi soha.

Semasiologiya — so‘z ma'nolari haqidagi ta'limot.

Paremiologiya — barqaror birikmalar (maqol,matallar) ni o‘rganuvchi bo‘lim.

Frazaviy urg‘u — gapdagi biror bo‘lakka alohida e’tibor qaratish maqsadida uni kuchliroq ohang bilan aytish. Gap urg‘usi, ma’no urg‘usi, logik urg‘u, mantiqiy urg‘u nomlari bilan ataladi.

Giperbola (mubolag‘a) — shaxs, voqea, hodisa va predmetlarni bo‘rttirib ifodalash: Ohim ko 'klarga yetdi. Tilini uzun qildi.

Epitet (sifatlash) — narsa yoki tabiat hodisalarining xususiyatlarini tasvirlash uchun ularning nomiga qo‘shib ishlatiladigan so‘z: oltin kuz, kumush qish.

Tabu —man etilgan, aynan aytilmaydigan so‘zlar: chechak, qizamiq gul, qoraqurt biy, kal siyqabosh.

Evfemizm — qo‘pol, beodob, noqulay so‘z va so‘z birikmalarini so‘zlashuv tiliga xos qulay so‘z va so‘z birikmalari bilan almashtirish: bo‘g‘oz — ikkiqat, homilador; xotin oldi uylandi, o‘ldi vafot etdi, qazo qildi. Ba'zan evfemizm tabu bilan bog‘lanadi: chechak — gul, er dadasi.

Idioma — o‘z asl ma'nosidan uzoqlashgan so‘z va so‘z birikmasi. Shuning uchun ham ular real bo‘lmagan ko‘chma mazmunli voqea, holat, xususiyatni ifodalaydi: latta (odam). Majlisda uni rosa terlatishdi. Jinday gapga aralashdi. Idiomaning mazmuni kontekstdan anglashilib turadi. Idiomalarni alohida olganda ham o‘z ko‘chma ma'nosini saqlaydi: latta, kalla, tulki (odamga nisbatan).

Kontekst — so‘z va iboralarning ma'lum gapda qo‘llanishi.

Denotativ ma’no – bosh (asosiy) ma’no.

Konnotativ ma’no – ko‘chma ma’no.

Nisbiy so‘zlar — ergash gap tarkibida qo‘llaniluvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar. Ular bir-biriga nisbatan qo‘llaniluvchi, biri ikkinchisini taqozo etuvchi so‘zlardir: Qayerda tinchlik bo‘lsa, o‘sha yerda o‘sish bo‘ladi.

  Til birligi - bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi: tovush, qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi, gap.

Atov birliklari – so‘z, ibora, so‘z birikmasi.

Havola bo‘lakli qo‘shma gap –-ki yoki nisbiy so‘zlar vositasidagi ergashgan qo‘shma qap.

Mansur SIDDIQOV

 

0 ta izoh

There are no comments