XANDALAR 12-2012

LEKIN U BILMAYDI-DA

O‘zini sichqon deb o‘ylaydigan odamni oila a’zolari jinnixonaga yotqizishibdi. Uzoq davom etgan muolajadan so‘ng u kishiga uyiga ruxsat berishga qaror qilishibdi. Chunki  u ancha o‘ziga kelib qolgan edi. Oxirgi kuni sinash uchun so‘rab ko‘rishibdi: “ Siz odammisiz yoki sichqonmi?”. U odam kulimsirab javob beribdi: –“Albatta, odamman. U kunlar ortda qoldi.” Doktorlar xotirjamlik bilan bemorga ruxsat berishibdi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, doktorlar hovlida haligi odamning daraxt orqasiga yashirinib turganini ko‘rib hayron bo‘lishibdi va undan so‘rashibdi:

– Zerikmadingizmi  bu yerda? Borib ozodlikning mazasini totsangiz bo‘lmaydimi?

– Lekin ana u yerda mushuk yuribdi.

– Nima qilibdi, mushuk yursa? Siz odam edingiz-ku. Sichqon emas edingiz-ku?

– Uni men bilaman, lekin buni anavi mushuk bilarmikan?

***

DIYETA

Juda ham semirib ketganidan shikoyat qilgan bemorga doktor parhez yozmoqda.   Gugurt qutisiday pishloq, ikkita olma, ikki bo‘lak non.  Har kuni shularni yeysiz deb muolajani tugatmoqchi bo‘lganida bemor so‘radi: “Doktor, bularni men ovqatdan oldin yeymanmi yoki keyinmi?...”

***

SENI QIDIRAMAN 

Bir kuni ikki jinni skameykada o‘tirgan edi. Shunda ulardan biri o‘rnidan turdi.  Ikkinchisi so‘radi:

– Qayoqqa otlanding?

– Seni qidirishga.

– Yaxshi, tezroq bo‘l, men seni shu yerda kutib turaman.

***

9, 8, 7, 6 …

Bir odam doktorga borib, o‘zini yaxshilab tekshirtiribdi. Muolaja oxirida so‘rabdi: 

– Nima gap, doktor. Qancha umrim qolibdi?

– 10

– Nima u o’n, kunmi, oymi , yilmi?

– 9, 8, 7, 6 …

***

MENIKI 

Doktorning yoniga ikki yosh bola kelibdi. Ulardan biri “Doktor men soqqa yutib yubordim. Shuni chiqarib bering”, – debdi. Shunda doktor ikkinchi bolaga yuzlanib: “Unda sen nega kelding”-desa, bola: “U yutib yuborgan soqqa meniki. Chiqarsangiz olib ketaman”,-deb javob beribdi.

 

0 ta izoh

There are no comments