O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

Kichik biznesni tashkil etish yo‘nalishi. Yurtimizda kichik biznesni rivojlantirishga qanchalik e’tibor qaratilayotganini eslatish shart emas. Buning isboti sifatida mazkur yo‘nalish mutaxassislarini tayyorlaydigan o‘quv dargohlari tashkil etilayotganini ko‘rsatish mumkin. 

O‘zMUda tashkil etilgan ushbu yo‘nalish mutaxassislari ishni tashkillashtirishadi va umumiy ishlab chiqarish jarayonini nazorat etishadi.

O‘tgan qabul jarayonida ushbu yo‘nalishga 8 nafar abituriyent davlat granti asosida, 10 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Mazkur yo‘nalishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar matematika, ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshirishadi.

Iqtisodiyot yo‘nalishi.  Iqtisodiyot yo‘nalishi haqida gazetamizning o‘tgan sonlarida ma’lumot berganmiz. 2011-yilda ushbu yo‘nalishga 23 nafar abituriyent davlat granti asosida, 43 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga  qabul qilingan. Ushbu yo‘nalish talabasiga aylanish istagida bo‘lgan abituriyentlar matematika, ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshirishadi.

250px-Tashkent_State_University_1977_Ukraine.jpg

Matematika yo‘nalishi. Matematika fani bo‘yicha eng kuchli mutaxassislar aynan shu dargohda yetishib chiqishadi. 2011–2012-o‘quv yilida ushbu yo‘nalishga 24 nafar abituriyent davlat granti asosida, 39 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan. Matematika fani ustasi bo‘lmoqchi bo‘lgan abituriyentlar matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshirishadi.

Mexanika yo‘nalishi. Bir-biriga bog‘liq jismlarning o‘zaro ta’sirlashishi tizimini o‘rganuvchi fan bo‘limi mexanika deb nomlanadi. Mexanik tizimlarning ishlashi, tashkil etilishi va ta’limi bo‘yicha mutaxassislar ushbu yo‘nalishda tayyorlanadi. 

Mazkur yo‘nalishga o‘tgan yili 10 nafar abituriyent davlat granti asosida, 15 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Mexanika yo‘nalishiga ham matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiriladi.

Amaliy matematika. Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi. Matematik qonun-qoidalardan amaliyotda foydalanishni o‘rgatuvchi, uni hayotga tatbiq qiluvchi yo‘nalish amaliy matematika deb nomlanadi. Bu ishni axborot texnologiyalari bilan aloqasini esa talaba bo‘lgach, ushbu yo‘nalish talabalari juda yaxshi his qilishadi. 

Ushbu yo‘nalishga 2011-yilda 25 nafar abituriyent davlat granti asosida, 35 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida, yana 3 nafari harbiy yo‘llanma bilan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiriladi.

Fizika yo‘nalishi. Fizika fanidan olim-u professorlarni tayyorlaydigan ushbu yo‘nalishga o‘tgan yili 25 nafar abituriyent davlat granti asosida, 38 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida talabalar safiga qabul qilindi. Ushbu yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun abituriyentlar fizika, matematika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiradilar.

Astronomiya yo‘nalishi. Astronomiya fizikaning samo jismlarini, ularning harakati va muvozanatini o‘rganuvchi qismi bo‘lsa-da, fizika fanidan ajralib chiqqan. Ushbu yo‘nalishga 2011–2012-o‘quv yilida 10 nafar abituriyent davlat granti asosida, 15 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida 1-kursga qabul qilinishgan. Bu yo‘nalishga ham fizika yo‘nalishi kabi fizika, matematika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiriladi.

Biologiya yo‘nalishi. Tiriklik va butun mavjudot hayotini o‘rganuvchi fan mutaxassislari mazkur yo‘nalishda tayyorlanadi. Ushbu yo‘nalishga 2011-yilda 46 nafar abituriyent davlat granti asosida, 65 nafar abituriyent to‘lov-shartnoma asosida va 10 nafari esa harbiy yo‘llanma bilan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu yo‘nalishning talabasi bo‘lish uchun abituriyentlar biologiya, kimyo hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshirishadi.

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi. Dehqonchilik sohasida kimyoviy islohotlar qilish orqali unumdorlikni oshiruvchi fan sohasi agrokimyo deyiladi. Bu yo‘nalish bitiruvchilarining vazifalari tuproqqa ishlov berish yoki chatishtirishlar yordamida hosildorlikni oshirish hisoblanadi.

Ushbu yo‘nalishga o‘tgan yili 10 nafar abituriyent davlat granti asosida, 15 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Ushbu yo‘nalishga ham biologiya, kimyo hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiriladi.
Lobar  BOLTAYEVA tayyorladi.

0 ta izoh

There are no comments