ALOQA MUHANDISI

chertkoev_svyazist.jpg

Kasb haqida.

Hozirgi kunda aloqa texnologiyalari juda katta tezlik bilan o‘sib bormoqda. So’nggi yillarda bu jabhada qilinayotgan kashfiyotlarni  sanab o‘tishning hojati ham yo‘q. Ushbu sohaning   o‘sishi bilan kuchli mutaxassislarga ham ehtiyoj ortadi.

Aloqa muhandisi   telekommunikatsiya va aloqa texnologiyalari: telefon va internet liniyalari, radio, televizion va uyali aloqa tizimlarining doimiy ishlashini ta’minlovchi mutaxassis hisoblanadi. Bu kasb egalarining vazifasi faqatgina kerakli jihozlarini kelib o‘rnatishdan iborat emas. Balki, ularning ishlash prinsiplarini chuqur o‘zlashtirib, kerakli paytda olib kelish, zarur  chora-tadbirlarni ko‘rish va ta’mirlash ham hisoblanadi. 

Mazkur  kasb egalari quyidagi ishlarni amalga oshirishlari mumkin:

  • Belgilangan hududda ta’mirlash yoki tekshirish ishlari bo‘yicha tushgan arizalarni qabul qilish;
  • Ta’mirga muhtoj  joylarda ishni tashkil etish va kerakli uskunalar bilan ta’minlash;
  • Telefon, internetni  ulash moslama(kabel)larini tanlash,  stansiya, podstansiya va foydalanuvchilar  orasidagi axborot almashinuvini ta’minlash;
  • Axborot almashinuvi uzilib qolgan paytda  maxsus testlar o‘tkazib, muammoni bartaraf etish.

CM-Eng.jpg

Nimalarni bilishi kerak?

  • Zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarning ishlash prinsiplari, xossalari va kamchiliklarini;
  • Aloqa sistemasini tashkil etishni,  aloqa tizimlari orasida set qura olishni;
  • Maxsus apparatlarni sozlash, birinchi ishlovga tayyorlash, muammosini topa olish va uni tuzatishni;
  • Sistema administratorligidan xabardor  bo‘lish;
  • Ingliz tilinining texnikaga oid atamalarini bilish.

Qanday xarakterli inson bo‘lishi kerak?

  • tartibli;
  • e’tiborli;
  • ijodkor;
  • sabrli.

Qayerlarda ishlay olishadi?

  • Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarda;
  • Uyali aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniya (MTS, Ucell, Beeline vhk. kabi)larda;
  • Internet bilan ta’minlovchi provayderlarda;
  • Shahar telefon  stansiyalari va boshqarmasida;
  • Internet nomlari va joylarini ajratuvchi kompaniyalarda

Qayerda ta’lim olinadi?

Bu sohada yetuk mutaxassis bo‘lish uchun Toshkent axborot texnologiyalari universitetining radiotexnik, mobil aloqa tizimlari, axborot texnologiyalari kabi yo‘nalishlarida ta’lim olinadi. Shuningdek, Toshkent davlat texnika universitetining EA va HT fakultetlardagi  yo‘nalishlarda ushbu sohaning mutaxassislari tayyorlaniladi. Mazkur  soha uchun barcha muhandislik yo‘nalishlari kabi matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi. 

Sahifani Umida KARIMOVA tayyorladi.

0 ta izoh

There are no comments