EKOLOG

Butun dunyoda atrof-muhit muhofazasi uchun o‘ta faol kurash ketmoqda. Tabiatni saqlash uchun yangidan-yangi qonunlar, ekologik standartlar ishlab chiqilmoqda. Musaffo atrof-muhit kampaniyalari tuzilmoqda.

Ekologlar–shunday kasb egalariki, ular nima uchun dengiz suvlari kirlanishini, hayvonlarning qirilib ketishini, yozda qor yog‘ishining sabablarini o‘rganishadi, tahlil qilishadi. Ular suvni, yerni, havoni va sanoatdagi chiqindilarning tabiatga, hayvonlarga va insoniyatga zararini o‘rganishadi. Agar ulardagi zararli moddalar miqdori oshib ketsa, uning kelib chiqish sababini va uning oldini olish yo‘llarini qidirishadi.

Ekologlarning hozirgi kundagi eng asosiy vazifasi sanoat korxonalarining zararli chiqindilar zararining belgilangan me’yordan oshib ketmasligini ta’minlash hisoblanadi. Agar u yerda bu me’yorning buzilishi sodir bo‘lsa, faqatgina ekologlargina sezishi va chora ko‘rishi mumkin.

ekolog-professia.jpg

Ekolog quyidagi ishlarni bajaradi:

  • Ekologik masalalarda nazoratlar o‘tkazish va tushunchalar berish;
  • Qonunga va insoniylikka zid holatlarda chora ko‘rish;
  • Sud va boshqa organlar tomonidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish;
  • Ilmiy izlanishlarda ishtirok etish;
  •  Havo va suvdagi zararli moddalar miqdorini tekshirib yurish, zararli moddalar topilganda kelib chiqish yeri va sababini aniqlash.

Ekologlar quyidagi joylarda ishlay olishadi:

  • Tabiatni saqlash tashkilotlari;
  • Fabrika va zavodlarda;
  • Qurilish kompaniyalarida;
  • Ekologik jamiyat va tashkilotlarda.

Bu kasbning ijobiy jihatlari:

  • O‘lkamizning turli regionlariga sayohat qilish imkoniyati;
  • Ekologiyaning tozaligiga o‘z hissasini qo‘shganlik hissi;
  •  Har doim turli xildagi ishlar bilan shug‘ullanish imkoniyati. Ya’ni bir xillikdan zerikish bo‘lmaydi

Salbiy jihatlari:

  • Ba’zan ekstremal holatlarda ishlashga to‘g‘ri kelishi;
  • Ishlayotgan joyida zararli moddalardan o‘zining sog’lig‘iga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi.

Ekolog quyidagilarga ega bo‘lishi mumkin.

  • Atrof- muhit haqidagi qonun qoidalardan xabardor bo‘lishi kerak;
  • Fizik, kimyoviy va biologik hodisalarni tahlil qila olish qobiliyati;
  • Suvdagi, atmosferadagi moddalar miqdorini o‘lchaydigan texnik asboblar bilan ishlay olishi.

Qayerda ta’lim olinadi?

Ekolog bo‘lish uchun abituriyentlar oliy o‘quv yurtlaridagi atrof-muhit muhofazasi yoki ekologiya yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari kerak. Bu yo‘nalish Toshkentdagi  Milliy universitet, Texnika universiteti, Kimyo texnologiya instituti, Avtomobil yo‘llari institutlari va boshqa bir qancha oliy dargohlarda mavjud. Ekologiya yo‘nalishi uchun abituriyentlar Biologiya, Kimyo hamda Ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshirishsa, atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishi uchun matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovi topshirishadi.

Umida KARIMOVA tayyorladi

0 ta izoh

There are no comments