ARXITEKTOR

Arxitektor kim?

Arxitektor (yunoncha architekton – “quruvchi”) – me’mor, binolarni loyihalashtirish bo‘yicha mutaxassis. 
 

antictor.jpg

U nima ish bilan shug‘ullanadi?
  • turli shahar va yashash joylari maketini ishlab chiqish;
  • turli obyektlar (zavodlar, uylar, maktablar, bog‘chalar va boshqa muassasa binolari) ni loyihalashtirish;
  • shahardagi magazin, klub kabi obyektlarning miqdori bilan bog‘liq masalalarni hal qilish;
  • me’moriy yodgorliklar va eski obyektlarni rekonstruksiya qilish; 
  • tabiat landshaftlarini ishlab chiqish; 
  • talab darajasidagi shart-sharoitlarni loyihalashtirish;
  • korxona va tashkilotlarga informatsion yordam ko‘rsatish; 
  • qurilish planlarini ko‘rib chiqish, me’yoriy talablarni hisobga olgan holda binolarni qayta rejalashtirish;
  • grafik chizmalarni tayyorlash, hisob-kitob qilish va rejalashtirish.
Faoliyat turidan kelib chiqqan holda arxitektorlarning uch darajasi mavjud:
1. Texnik-arxitektor
2. Yetakchi arxitektor
3. Bosh arxitektor
 
U qayerlarda ishlashi mumkin?
  • ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalarda;
  • loyihalashtirish muassasalarida;
  • arxitektura va shaharsozlik bo‘yicha davlat boshqarmalarida;
  • xususiy loyiha-qurilish kompaniyalarida;
  • dizaynerlik va konstruktorlik byurolarida;
  • arxitektor-pedagog sifatida kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida. 
  • Shuningdek, arxitektorlar mustaqil amaliy faoliyat ham yuritishlari, shaxsiy kabinetlariga ega bo‘lishlari mumkin. 
 
Arxitektor bo‘lish uchun nimalar talab etiladi?
  • loyihalashtirish va hisobot metodlariga doir bilimlar;
  • Autodesk AutoCAD va Graphisoft ArchiCAD dasturlarida ishlay olish ko‘nikmasi;
  • me’yoriy hujjatlashtirish va qurilish texnologiyasi haqidagi bilimlar;
  • geodeziya, ekologiya va kartografiya asoslaridan boxabarlik;
  • arxitektura chizmalarini tayyorlash malakasi;
  • grafika, rasm va kompozitsiya sohasidagi tasviriy san’at malakasi.
 
Arxitektor bo‘lish uchun qanday qobiliyat va xislatlarga ega bo‘lish lozim? 
 Ularning eng asosiylari quyidagilar:
  • keng qamrovli fikrlash;
  • ijodiy qobiliyat;
  • matematik va analitik qobiliyat;
  • rassomlik qobiliyati;
  • ko‘z bilan yaxshi chamalay olish;
  • loyihalashtirish qobiliyati;
  • yangilik yarata bilish;
  • mayda-chuyda elementlarni ham ilg‘ay olish;
  • mas’uliyat;
  • nozik did.
 
Arxitektor bo‘lish uchun qayerda tahsil olish kerak?
Buning uchun abituriyentlarimizdan Toshkent davlat arxitektura institutida tahsil olish talab etiladi. Mazkur OTMga kirish uchun imtihon quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
I.  Amaliy ish
II.  Test sinovi:
1. Matematika
2. Ona tili va adabiyot
Yurtimiz go‘zalligi va obodligi uchun hissa qo‘shish maqsadida arxitektor bo‘lishni niyat qilgan abituriyentlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Sahifani 

Muzaffar UBAYDULLAYEV

tayyorladi

0 ta izoh

There are no comments