KUNDALIK REJA ZARUR

Ma’mura, avvalo, sizni shunday katta yutuqni qo‘lga kiritganligingiz bilan samimiy tabriklaymiz. Albatta, muvaffaqiyatga erishishning o‘zi oson bo‘lmagan bo‘lsa kerak? 

—Tabrik uchun katta rahmat. Men uchun bu yil juda omadli keldi. Albatta, institutga hujjat topshirgan har bir yigit-qizning orzusi grant asosida o‘qishga kirish desam, xato qilmagan bo‘laman. Nazarimda buni kollej yoki litseyni tamomlagan yoshlarning hammasi ham niyat qiladi. Ammo bu barchaga ham nasib qilmasligi mumkin. Lekin shuni aytishim kerakki, oliy o‘quv yurtining talabasi bo‘lish baxtiga bilimi kuchli abituriyentlar, albatta, muyassar bo‘ladi.
wrere copy.jpg— Yoshligingizda ham ingliz tili bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni orzu qilganmisiz? 
— Bunday qarorga maktabda o‘qib yurgan paytlarimda kelganman. Ingliz tili bo‘yicha o‘qituvchi yoki tarjimon bo‘lishni niyat qilganman. Onam shifokor bo‘lganliklari uchun o‘zlarining kasbini tanlashimni maslahat berdilar. Lekin men ingliz tilini yaxshi ko‘rganligim uchun qarorimni o‘zgartirmadim. 
— O‘qishga tayyorlanish paytida, asosan, nimalarga e’tibor berdingiz? Kun tartibingiz qanday bo‘lgan? 
Abituriyent uchun eng muhimi institutga tayyorlanish davri desam yanglishmagan bo‘laman. Sababi bu paytda barcha yigit-qizlarning orzusi o‘qishga kirish bo‘ladi. Mening fikri-xayolimda ham faqat shu bo‘lgan. Uyquga yotganimda ham bu o‘y meni tark etmagan desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Odatda, inson sog‘lom bo‘lishi uchun kuniga 8 soat uxlashi kerak. Ammo men, ko‘pincha, kuniga 5-6 soat uxlardim. Lekin ertasi kunlari tetik yurardim. Negaki maqsadim o‘qishga kirish bo‘lganligi uchun ruhim tetik, charchoqni ham sezmasdim. 
Tayyorgarlik paytida har bir kishi birinchi navbatda kundalik reja tuzishi va unga qat’iy amal qilishi lozim. Ana shunda natija bo‘ladi. Masalan, men shunday qildim. Shu bilan birga, bu paytda turmushdagi mayda-chuyda ishlarga chalg‘imaslik kerak deb o‘ylayman. Bunda ,ayniqsa, qo‘l telefonining zarari katta deb hisoblay-man. Misol uchun yoningizda uyali telefon bo‘lsa, birinchidan, xayolingiz unda bo‘ladi, ikkinchidan, albatta, kun davomida u kamida ikki-uch marta jiringlab fikringizni bo‘ladi. Shu sababdan men telefonimni doimo o‘chirib qo‘yganman. Faqat bir-ikki kunda onam bilan hol-ahvol so‘rash uchun gaplashganman, xolos. 
— Siz, o‘zingiz mustaqil ravishda tayyorlanganmisiz yoki repititorga ham qatnaganmisiz? 
— Uyda mustaqil ravishda barcha fanlardan tayyorlanganman. Lekin o‘tgan yili uyimdagilarning roziligi bilan Toshkentga kelib, “Navoiy” abituriyent-larni tayyorlash o‘quv markazida o‘z bilimimni oshirdim. Bu yerda men ko‘p narsa o‘rgandim. O‘qituvchilarning bilim darajasi yuqoriligi, fanlarning zamonaviy texnologiyalar asosida o‘tilishi dunyoqa-rashimning o‘zgarishiga, bilimimning oshishiga yaxshi ta’sir qildi. O‘quv markazida har oyda o‘tilgan fanlarni qanday o‘zlashtirayotganingizni aniqlash maqsadida test olinar edi. Men shunga qarab o‘zimning fanlarni qanday o‘zlashtirayotganimni aniqlab bordim. Masalan, agar biror fandan to‘plagan balingiz kam bo‘lsa, demak o‘sha fandan ko‘proq tayyorlanishingiz zarur. Agar boshqa fandan to‘plagan balingiz yuqori bo‘lsa, albatta, bu sizga katta kuch beradi va o‘zingizda kam o‘zlashtirgan fanlardan tayyorlanish uchun ishonch paydo bo‘ladi. 
Ilgari men kirish imtihonlarida test savollarini ko‘pincha o‘zimga ishonmay belgilardim. O‘quv markazida puxta bilim olish bilan birga, bilimimga ham ishonch paydo bo‘ldi. Men o‘quv marka-zining jamoasidan, ayniqsa, o‘qituv-chilarim A’zamjon Ro‘ziyev va Muzaffar Yo‘ldoshevlardan juda minnatdorman.
Kezi kelganda bir narsani alohida ta’kidlashni lozim deb hisoblayman. O‘qishga tayyorgarlik paytida yon-atrofingizdagi muhitning ham ta’siri bor. Masalan, men o‘quv markazida bilimim-ni oshirganim, u yerda barcha tengdosh o‘rtoqlarim bilan bo‘lgan suhbatlarimiz mavzulari ham faqat o‘qish to‘g‘risida bo‘lganining foydasi katta bo‘ldi. 
—Siz uch yil tayyorlanib faqat joriy yilda talaba bo‘lishga erishdingiz. O‘tgan yillarda, ya’ni o‘qishga kirolmagan paytlarda xayolingizdan qanday fikrlar kechdi, tushkunlikka tushmadingizmi? 
— To‘g‘risi, muvaffaqiyatsizlik ham odamni biroz dovdiratib qo‘yar ekan. Lekin men bilimi bor kishi ertami-kechmi baribir o‘qishga kirishiga ishonardim. Shu sababli o‘z hayotimdan kelib chiqib o‘qishga kirolmagan teng-doshlarimga shunday maslahat bergan bo‘lardim: aslo tushkunlikka tushmang, o‘zingizni qo‘lga olib tayyorgarlikni davom ettiring, agar astoydil o‘qisangiz, kelgusi yili albatta, oliygoh talabasi bo‘lasiz. 
Yana o‘rtoqlarimga bir narsani aytishni zarur deb hisoblayman. Imtihon vaqtida umuman hayajonlanmang va qo‘rqmang. Agar fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsangiz hech qanday qiyinchilikka duch kelmaysiz. Albatta, test savollari sizga tanish bo‘ladi. Barcha abituriyentlarga kuch-quvvat va muvaffa-qiyat tilayman. Omad sizlarga yor bo‘lsin!
Oydin ZOKIROVA suhbatlashdi
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments