BEPARVOLIKNING FOYDASI (9-2011)

Atrofimizdagi odamlarning biz haqimizda bildirgan  fikrlari ko‘pincha  bizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Masalan, aslida arzimagan ish haqida bildirilgan ijobiy fikr o‘sha yumushni bajargan odamning qo‘shimcha qobiliyatlarini jonlantirib yuboradi va uni yanada ko‘proq faoliyat ko‘rsatish salohiyatini yuzaga chiqaradi. Afsuski, yon-atrofimizdagi insonlar har doim ham bizning harakat va mehnatlarimiz haqida ijobiy fikr bildiraverishmaydi. 

Biz muvaffaqiyat sari astoydil kirisharkanmiz, yonimizdagilarning salbiy fikrlari bizni ikkilantirishi, hatto yo‘limizdan qaytarishi ham  mumkin. Agar ,siz, mobodo maqsadingizga erisha olmasangiz, ular “aytmaganmidim…” kabi so‘zlar bilan ta’na ham qilishadi. Odamlarning bunday gap-so‘zlaridan qochishning eng yaxshi yo‘li esa bajarayotgan ishingizdan voz kechish hisoblanadi. Lekin bunda siz hech qanday natijaga erisha olmaysiz.  Muhim  jihati shundaki,  salbiy fikr bildirgan do‘stlarimiz ham hech narsaga erishishmaydi. Demak,  bajarayotgan ishdan voz kechish masalaning yechimi  emas ekan.

Bunday paytlarda ularni eshitmaslik uchun beparvo bo‘lish va yuqoridagi kabi  ta’kidlaga-nimizdek “aytmaganmidim…”lardan  qutulish uchun maqsadingizga erishib, ularni uyaltirib qo‘yish kerak.  Muvaffaqiyatsiz insonlarning psixologiyasida shunday fikrlash mavjud: “Men qila olmadimmi, u ham qila olmasligi kerak.” Aslida, shunday fikrlayotganlar ham kimnidir gapiga qarab yo‘llaridan qaytgan. Aksincha, muvaffa-qiyatga erishganlar esa: “Mendan oldin u qilgan-ku, nega men qila olmas ekanman” degan fikrlar bilan harakatlanishgan va salbiy gaplarga umuman e’tibor berishmagan. Ularni atrofda-gilarning  salbiy fikrlashlari, qandaydir qing‘ir-qiyshiq usullar chalg‘itmagan. Xuddi quyidagi mashhur hikoya kabi:

Bir kuni qurbaqalar bahslashmoqchi bo‘lishibdi. Ular juda baland minoraning ustiga kim oldin chiqish musobaqasi o‘tkazishibdi. Bir qancha qurbaqalar bu o‘yinni ko‘rish uchun ham  to‘planishibdi. Shundan so‘ng musobaqa boshlanibdi. To‘plangan tomoshabinlardan hech biri bu qurbaqalarning muvaffaqiyatiga ishonmas edilar. Ulardan faqat: “Hech kim qila olmaydigan ishga qo‘l urib vaqt o‘tka-zishyapti… Baribir bajara olishmaydi… Boshqa foydaliroq ish bilan shug‘ul-lanishsa bo‘lmay-dimi?...” kabi ishtirokchilarga  salbiy ta’sir o‘tkazuvchi fikrlar eshitilar edi. 

Qubraqa

Musobaqaga qatnashayotgan qurbaqalar minoradan bir necha marta tushib ketishgach, birma-bir o‘yindan chiqa boshlashibdi. Faqat ulardan biri erinmay, har safar sabr-toqat bilan minora tepasiga qarab harakat qilar edi. 

Pastdan esa salbiy fikrlar aksiga kuchayar edi: “Bechoralar baribir eng tepasiga chiqa olishmaydi… Aytmadimmi sizlarga...”. Bu musobaqadan birgina qurbaqadan boshqa hammasi chiqib ketishibdi. Oxirida yolg‘iz qolan jonivor  va ,nihoyat, minora ustiga chiqishni uddalabdi. Boshqalar undan bu ishni qanday amalga oshirganini so‘rashsa javob bera olmabdi. Chunki, uning qulog‘i kar bo‘lib, ularni eshitmayotgan edi. 

Siz ham o‘zingizga salbiy ta’sirlarini o‘tkazmoqchi bo‘lganlarni eshitmang. Qulog‘ingizni “kar” qilib oling… Ularga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini bermang.

Aytaylik, bir yo‘l  tanladingiz,lekin undan sizni qaytarmoqchi bo‘lgan ko‘plab odamlarga duch kelasiz. Shunday  paytda  “Arslon izidan qaytmas… ” naqliga amal qiling. Sizga aql o‘rgatmoqchi bo‘lganlarga esa  “Hammaning o‘z fikri bor, maslahatingiz uchun rahmat”,–deb javob bering-da, ularning gapini arzimas narsa singari chetlab o‘ting. Shundagina ,siz, o‘zingiz orzu qilayotgan muvaffaqiyatga yaqinlashasiz!

0 ta izoh

There are no comments