TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI (6-2011)

10. Menejment yo‘nalishi.

Har bir ishni  tartibli ravishda amalga oshirish uchun uni boshqarib turadigan shaxsga ehtiyoj seziladi. Axborotlar bilan ishlashda faoliyatning  tashkil qilinishi va olib borilishi ushbu yo‘nalishni bitirgan mutaxassislar tomonidan nazorat qilinadi. 

Bu yo‘nalishni tamomlagan  talabalar axborotlar bilan ishlaydigan korxonalarda, axborot  texnologiyalari va axborot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda ish  olib boruvchi,  ya’ni boshqaruvchi sifatida xizmat ko‘rsatishadi. 

Mazkur yo‘nalishga 2010-2011 o‘quv yilida 14 nafar abituriyent davlat granti asosida, 29 nafar  abituriyent esa  to‘lov-kontrakt asosida o’qishga  qabul qilindi. O’qishga kirish uchun matematika, ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiriladi.

11. Iqtisodiyot yo‘nalishi.

Har bir sohaning iqtisodiy jihati bo‘ladi. Buni hisobga olmasdan biror-bir  ishning  tashkil qilinishi salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Axborot  texnologiyalari bilan ishlovchi har qanday tashkilot bunday mutaxassisga ehtiyoj sezadi. Bajarilayotgan ishdan keladigan daromad, unga sarf  bo’ladigan xarajatlar va umumiy iqtisodiy holatni oldindan baholash ushbu kasb egalarining vazifasi hisoblanadi.

Bu yo‘nalishga o‘tgan yili 11 nafar abituriyent davlat granti asosida, 26 nafar  abituriyent esa to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi. Mazkur yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun matematika, ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiriladi.

12. Pochta xizmati yo‘nalishi.

Pochta axborot almashinuvining  ajralmas qismi hisoblanadi. Yuborilayotgan moddiy jo‘natmalarni, pul o‘tkazmalarni va davriy nashrlarni o‘z egalariga yetkazib berishda pochtaning xizmati juda katta. Hatto, hozir  qo’lingizdagi  o‘qiyotgan gazetangizning ushbu soni ham  pochta xodimlari   yordamida yetkazilgan. Ushbu  ishlarni pochta xizmati  yo’nalishini bitirgan mutaxassislar   amalga oshirishadi. 

Bu yo‘nalishga o‘tgan yili 18 nafar abituriyent davlat granti asosida, 35 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Mazkur yo‘nalish talabasi bo’lish uchun matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiriladi.

13. Kompyuter grafikasi yo‘nalishi.

Hozirgi kunda kompyuter grafikasi hayotimizga qay darajada kirib  kelganini ko‘rayotgan filmimiz  va kliplar misolida ham bilib olish mumkin. Kompyuterda shakllarni harakatlantirish, turli chizmalar  ishlab chiqarish ushbu yo‘nalishni bitirgan mutaxassislarning vazifasidir. 

Mazkur yo‘nalishga 2010-2011 o‘quv yilida 6 nafar  abituriyent davlat granti asosida, 10 nafar abituriyent esa  to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.  Bu yo‘nalishda ham matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshiriladi.

14. Kino-teleoperatorlik yo‘nalishi.

Ishlab chiqarilayotgan film va videoroliklarning sifatli va jozibali bo’lishi  faqat  aktyorning mahoratiga emas, balki tasvirga oluvchining  qobiliyati  va kino ishlab chiqaruvchining fantaziyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Teleoperatorlik sirlari va kamchiliklarini yaxshilab o‘rganishni xohlovchi abituriyentlar ushbu yo‘nalishga o’qishga kirishlari mumkin.

Mazkur yo‘nalishga o‘tgan yili 6 nafar abituriyent davlat granti asosida, 12 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Ushbu yo‘nalishda o’qishni   xohlaganlar  matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test topshirishadi.

15. Ovoz yozish texnologiyalari yo‘nalishi.

Ovoz yozish va uni ko‘paytirish texnologiyalari bilan ishlaydigan mutaxassislar ushbu yo‘nalishda tahsil olishadi.  Ovoz yozish jarayonining nozik jihatlari, zarur  joyda kerakli ton va chastotani hosil qilish bu kasb egalarining vazifasi hisoblanadi.  

Ushbu yo‘nalishga 2010-2011 o‘quv yilida 6 nafar abituriyent davlat granti asosida, 12 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun ham matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

16. Audio va video texnologiyalar yo‘nalishi.

Tasvirga olish va ovoz yozish ishlari, albatta, o‘ziga xos texnologiyalarni talab qiladi. Bunday ishlarni bajaradigan mutaxassislar  ushbu yo‘nalishda tayyorlanadi. 

Mazkur yo‘nalishga o‘tgan yili 6 nafar abituriyent davlat granti asosida, 12 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Ushbu yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun  matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

 Abror OBIDOV

0 ta izoh

There are no comments