TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI (5-2011)

(Davomi. Boshi o‘tgan sonda)

5. Servis (axborot servisi) yo‘nalishi. Servis tushunchasi xizmat ko‘rsatish ma’nosini anglatadi. Zamonaviy texnologiyalar 

TATU

barcha sohalarga kirib borgani sababli, hamma joyda axborot servisini tashkil qilish muhim masala hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishni bitirganlar ilmiy-tadqiqot markazlarida, bozorlarda, reklama bo’yicha servislarda, ko‘rsa-tilayotgan xizmatning informatsion kuzatuvida, ta’lim sohasida, axborotni qo‘lga kiritish va tahlil qilish markazlarida ishlashlari mumkin. 

Umuman, bu yo‘nalishni bitirgan mutaxassislar axborot servisini, ya’ni informatsion xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Universitetning ushbu yo‘nalishiga o‘tgan yili 14 nafar abituriyent davlat granti asosida, 22 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Mazkur yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

6. Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo‘nalishi. Aholi bilimini oshirishning eng asosiy omillaridan biri kutubxonalar hisoblanadi. Faqat kutubxonalarda qidirilayotgan kitobning bor-yo‘qligiga qarab kelish, uni kim olganini kartochkalar orqali qidirish usuli allaqachonlar eskirib bo‘lgan. Hozir esa deyarli barcha kutubxonalarda maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ana shunday dasturlar tuzish, kutubxonalarning axborot bazasini tashkil etish, jahon kutubxona-laridan internet orqali foydalani-shni yo’lga qo’yish ishlari mazkur soha mutaxassislarining vazifasi hisoblanadi.

Bu yo‘nalishga 2010-2011 o‘quv yilida 14 nafar abituriyent davlat granti asosida, 29 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Bu yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun matematika, ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan imtihon topshiriladi.

7. Axborot xavfsizligi yo‘nalishi. Axborot hozirgi kunda katta ahamiyatga ega bo’lib, u inson uchun nihoyatda zarur vosita hisoblanadi. Shu bois ham axborotni uzatish va qabul qilish jarayonida uni o‘g‘irlab oluvchilar paydo bo‘ldi. Bu esa o‘z-o‘zidan axborotning butligini saqlaydigan, o‘z manziliga to‘la-to‘kis yetkazib beradigan, ruxsatsiz axborotga kirishni taqiqlay oladigan, o‘ta maxfiy xabarlarning maxfiyligini ta’minlaydigan mutaxassislarga talab uyg‘otadi. Ularning asosiy vazifasi axborotni buzuvchi va unga ruxsatsiz kiruvchi dasturlarga qarshi dastur tuzish hisoblanadi.

Bu yo‘nalishga o‘tgan yili 18 nafar abituriyent davlat granti asosida, 88 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Mazkur yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

8. Elektron tijorat yo‘nalishi. Elektron tijorat tushunchasi ham hayotimizda yangi paydo bo‘lgan terminlardan biridir. Hozirgi kunda internet orqali oldi-sotdi ishlari ancha rivojlanib ketdi. Masalan, uyingizdagi shaxsiy kompyuteringiz orqali o’zingizga zarur bo’lgan mahsulotga buyurtma berasiz, qarabsizki, qisqa vaqt ichida tanlagan mahsulotingiz uyingizga kelib turibdi. Buning uchun bozorga borishingiz ham shart emas. 

Siz bilan bizga oddiy ko‘ringan yuqoridagi jarayonni tashkil etish esa kuchli bilimga ega mutaxassislarning vazifasi hisoblanadi. Ular mahsulotlar bazasini tashkil qilishadi, sizning hisobingizdan ko’rsatilgan xizmat uchun pulni yechib olishadi va siz bilan tijoriy munosabatga kirishishadi.

Ushbu yo‘nalishga 2010-2011 o‘quv yilida 7 nafar abituriyent davlat granti asosida, 15 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Mazkur yo‘nalish talabasi bo’lish uchun matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

9. Telekommunikatsiya yo‘nalishi. Biz siz axborot almashinuvi haqida suhbatlash-moqdamiz. Faqat bu axborot almashinuvi qandaydir shaklda ta’minlanishi kerak. Texnologiya rivojlanib borgani sari telekommunikatsiya ham taraqqiy etib bormoqda. Masalan, ilgari ulanishlar telefon simlari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda optik-tolali simlar yoki yo‘ldosh aloqa usullaridan foydalanilmoqda. Bu ishlarni esa telekommunikatsiya yo‘nalishi mutaxassislari amalga oshirishadi.

O‘tgan yili mazkur yo‘nalishga 61 nafar abituriyent davlat granti asosida, 119 nafar abituriyent esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Ushbu yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun ham matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

 Abror OBIDOV

0 ta izoh

There are no comments