DARS QILISHGA KIRISHING, KO‘NIKIB KETASIZ(3-2011)

Barcha jarayonlarning amalga oshishi ikki xil bo‘lishi mumkin. Kishi  avval bir ish qilishni xohlaydi  va xayolida uni rejalashtirib oladi. So’ngra o‘ylagan ishini bajaradi. Bu xohlab bajariladigan ish jarayoni sanaladi. Xohlamasdan bajariladigan ishlarda esa avval  yumushni bajarish boshlanadi va keyinchalik  o‘sha ish yoqtirib qolinadi.

Dars tayyorlash, odatda, ikkinchi turdagi, ya’ni avval ishni boshlab ,keyin  yoqtirib qolinadigan jarayonlardan hisoblanadi. Shuning uchun siz dastlab dars qilishni boshlang va u to‘xtab qolmasligi uchun g‘ayrat qiling. Oradan ma’lum bir muddat o‘tgach esa o‘sha ishni o’zingiz xohlab qila boshlaysiz. Faqat xohish paydo bo’lishini sabrsizlik bilan kutib turmang. Bir kun oldin rejali dars qilishga kirishing. Agar fikrlaringiz bilan harakatlaringizda o‘zgarish qila olmasangiz, ularni o‘zgartiring.

Agar tartibli dars tayyorlashni davom ettirsangiz, bu ish siz uchun zerikarli bir mashg‘ulot bo‘lib tuyilmaydi. Harakatlaringiz hissiyotlaringizga ta’sirini o‘tkazib, dars qilishni zavqli bir odatga aylantiradi.  

Bir narsani ko‘p  o‘ylash va xohlash odamni maqsadiga erishtirmaydi.  Muvaffaqiyat qozonish uchun quyidagilar zarur:

* Ishonish;

* G‘ayratli  bo’lish;

* Samarali mehnat qilish; 

* Kerakli barcha qoidalarga amal qilish.

MAVZUNI TUSHINISHGA HARAKAT QILING

Dars tayyorlashni xohlamas-likning sabablaridan yana biri o‘sha fanni yaxshi tushunmas-likdir. Odatda, o‘quvchilar tushunmagan mavzularidan juda tez sovib qolishadi. Xohlamaganligi sababli o‘sha mavzuga oid misol va masalalarni yecha olmaydi, natijada, muvaffaqiyatsizlikka yo‘l ochiladi. Bu yerda e’tibor qaratishingiz zarur bo‘lgan muhim jihat - mavzuga oid tushunib olishingiz mumkin bo‘lgan manbaalardan unumli foydlanishingiz. O‘zingiz tushunadigan manbalardan o‘rganish va bilmagan joylaringizni o‘qituvchidan so‘rab olib, mavzuni tushuna boshlagandan so‘ng o’sha fanga bo’lgan  qiziqishingiz ortib boradi. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni orttiradi va sizni samarali ishga undaydi. Shu sababli ham dars tayyorlashga bo‘lgan motivatsiyangiz ortadi.

Kunlardan bir kuni Aristotel o‘quvchilariga bir muammoning yechimini ko‘rsatib bergach, shogirdlarining  biridan so‘radi:
-Tushundingmi?
- Ha.
- Lekin senda mavzuni tushunganlik alomatlarini ko‘rmayapman.
- U qanday bo‘ladi?
- Tabassum. Tushunganingda xursand bo‘larding va yuzingda tabassum aks etardi. Hozirgiday  g‘amgin ko‘rinmasding.
Aristotel shogirdlari orqali bizga dars berib ketgani aniq. Bajarilayotgan ishimizda erishilgan kichik bir natija ham bizni xursand, yuzimizda tabassum hosil qiladi

ME’MOR

Dunyodagi mashhur binolardan birini qurdirmoqchi bo‘lgan podshoh, tanlangan yerni ko‘rib yoqtirib qolgach, yurtidagi eng kuchli me’morni chaqirib keltirishni buyuribdi. U me’morga joyni ko‘rsatish uchun o‘sha yerga olib boradi. Podshoh undan:

- Nima deb o‘ylaysan, bu joy shunday muhtasham bino qursa bo‘ladigan joymi? – deb so‘raydi.

Memor javob bermasdan o‘sha yerga qarashda davom etadi. Vazirlar va boshqa davlat arkonlarining hammasi sukunatga cho‘mishadi, ko‘zlarini me’mor va podshohdan uzishmaydi. Podshoh qanday chora ko‘rar ekan, degan savol barchani sukutga solgan edi. 

Pashsha uchsa bilinadigan darajadi sokinlik. Me’mor esa butun diqqatini o‘sha joyga, bino quriladigan yerga, qaratgan. 

Podshoh birozdan keyin yana shu savolni takrorladi: “Nima deb o‘ylaysan me’mor?”

Me’mor hali ham nigohlarini bino quriladigan joydan uzmasdan podshohga javob bermaydi. Hamma podshohning shiddat va g‘azabidan qo‘rqib turibdi. Podshoh esa sabr qilishga qaror qiladi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, me’mor boshini biroz egib, mo‘ljallangan joyga kiradi. Hamma shundagina me’mor ularni eshitmaganini, qisqa vaqt ichida ish rejasini tuzib chiqqanini va xayolida qurgan hovazasiga urilib ketmaslik uchun boshini egganini tushunadi. Podshoh esa bu ishdan o‘ziga kerakli javobni oladi.

 Mahmudjon YUSUFJANOV

0 ta izoh

There are no comments